Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə273/496
tarix30.04.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#56731
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   496
Falsafa. 2021 y (2) янги

Axloqiy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning tarkibiy qismlaridan biri sifatida jamiyat hayotida o‘ziga xos o‘rinlardan birini egallaydi. Axloqiy munosabatlar insonlar tomonidan aholi guruhlari orasida, mehnat jamoalarida amal qiladigan axloq normalari bilan chegaralangan aloqalari, bog‘lanishlari, tasir va aks tasirlariga aytiladi.

Bular esa axloqning asosiy xususiyatlarini bilishni talab qiladi. Faylasuf olim Abdulla SHer axloqning asosiy xususiyatlarini quyidagicha tariflaydi: “Axloqning o‘ziga xos xususiyatlari deganda biz uning qatiy amrlik, meyoriylik va baholash jihatlarini tushunamiz. Qatiy amr o‘zini tutishdagi muayyan talabni, axloqiy qonunqoidalarni bajarishini taqozo etadi. U SHaxs manfatlarini jamiyat manfaatlari bilan muvofiqlashtiradi va jamiyat manfaatlari ustuvorligini taminlaydi, ayni paytda

SHaxs erkinligini cheklamaydi, faqat o‘zboshimchalikka yo‘l qo‘ymaydi. Unga ko‘ra, biror inson ikkinchi insonga vosita deb qaramasligi lozim. Qatiy amr tug‘ma axloqiy hodisa, uning talabi so‘zsiz va ixtiyoriy tarzda bajarilishi kerak; u ixtiyor erkinligi bilan zaruriyatning mutanosibligini ifoda etadi.

Ikkinchi xususiyat - axloqning meyoriylik jihati bilan bog‘liq. Meyorlar, qonun-qoidalar, pand-o‘gitlar v.b. shakllar vositasida axloq boshqarish vazifasini bajaradi. Ular orqali kishilar faoliyati yo‘lga solinadi, fazilatlar asosida ijtimoiy munosabatlar amalga oshiriladi, individning axloqiy sifatlari jamiyat talabalariga moslashtiriladi, tashqi davat ichki yo‘nalmaga, SHaxs manaviy dunyosining bir qismiga aylanadi, odamzot avlodlarining axloqiy aloqalari davom ettiriladi. Axloqiy meyorlarning ikki turi mavjud: xatta-harakatning yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan shakllarini anglatuvchi taqiqlar (odam o‘ldirma, yolg‘on gapirma, o‘g‘irlik qilma v.h.) va o‘zni tutishning eng yaxshi ko‘rinishlariga davat (halol bo‘l, rostgo‘y bo‘l, ezgu ishlar qil v.h).

Axloqning o‘ziga xos uchinchi xususiyati esa insonning o‘z xattiharakatlariga munosabatini ichiga oladigan ichki baholashdan va inson xattiharakatlarining boshqa kishilar hamda jamiyat tomonidan umum qabul qilingan axloqiy meyorlar asosida baholaydigan tashqi baholashdan tashkil topadi. shunga ko‘ra, baholash ko‘rinishlari ham ikki xil bo‘ladi. Birinchisi - ijobiy: maqulash, rozilik, ikkinchisi - salbiy: tanbeh va norozilik. Bu xususiyatlar faqat axloqqa xos.”179 Axloq umuminsoniy hisoblanib, uning milliy, mintaqaviy xususiyatlari ham mavjud. Ular axloqning - xulqiy xatti-harakatlar, odob va etiketda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Evropada huquq ustuvor bo‘lsa, bizda axloq birinchi o‘rinda turadi. Qonun ustuvorligi, qonun oldida barchaning tengligi - demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan biri sanaladi. shu sababli, Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev tomonidan rahbar SHaxs manaviyatiga uning axloqiy hatti-harakatlariga doir o‘z konseptual qarashlarini tadrijiy ravishda, izchil bayon qilib:“Tanqidiy tahlil, qatiy tartib-intizom va SHaxsiy javobgarlik har bir rahbarni - bu Bosh vazir yoki uning o‘rinbosarlari bo‘ladimi, hukumat azosi yoki hududlar hokimi bo‘ladimi, ular faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lib qolishi kerak,”180 - deb bejiz takidlanmagan.

Jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish uchun qonunlarga rioya etish majburiyatga emas, fazilatga aylanmog‘i lozim. Buning uchun odamlarni demokratiyaga o‘rgatish zarur, toki kishi SHaxsiy javobgarlik hissini tuysin, axloq meyorlariga rioya etish uning uchun ichki zaruratga aylansin. Bu haqda nemis faylasufi Nisshe shunday degan edi: “Axloqiylik avval qati talab shaklida qo‘yiladi. Unga rioya qilish shartligi uchun bo‘ysuna boshlaydilar. Biroz o‘tgach bu ixtiyoriy odatga aylanadi va oxiri u instinkt darajasida oddiy va tabiiy, odamga huzur beruvchi fazilatga aylanadi”181. Jamiyatda mutlaq, abadiy va o‘zgarmas axloq yo‘q. Axloq tarixan o‘zgaruvchan va nisbiy mustaqillikka ega bo‘lgan ijtimoiy hodisadir.

Etika fani rivojlanish tarixiga nazar tashlasak, gedonizm va evdemonizm kabi talimotlar inson uchun zarur bo‘lgan ehtiyojlari, moddiy qadriyatlar uning qadrqimmati bilan bog‘liq g‘oyalarni ilgari suradi.


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   496




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin