tarzda namoyon bo‘lishi, zo‘ravonlik yoki zo‘rmaqzo‘rakilik b-n chiqisha olmaydigan hodisa. U meyorlar, ananalar, qonunlarga bo‘ysunmaydi, lekin yuksak axloqiylik ifodasi tarzida insonga ulkan masuliyat yuk laydi, uni jasoratga chorlaydi, u – insonni tashqi va transsendental olam b-n bog‘laydigan, uni yolg‘izlikdan olib chiqadigan buyuk manaviy kuch. M. ning obekti doimo go‘zallik, manfaatsiz go‘zallik. U – Allohmi, Vatanmi, yormi – M. Egasiga undanda go‘zalroq narsa yo‘q. Ayni paytda bir obektni sevgan kishi boshqa obektlarni ham sevishi tabiiy. Deylik, yorga bo‘lgan haqiqiy M. Vatanga, insoniyatga M.ni inkor etmaydi, aksincha, barqaror qiladi. Zero, «o‘zqo‘zicha», «yakka», «xudbin» M.ning bo‘lishi mumkin emas. Inson o‘zi o‘zgaga aylanganida, o‘zgani o‘ziga aylantira olganida haqiqiy M. Egasi hisoblanadi. Mana shu obekt b-n subekt orasidagi farqning «yo‘qolishi» eng buyuk , eng mukammal manaviy lazzatdir.