Yangi davrda borliqning mohiyati Xudoning ishlariga emas, balki tabiat qonunlariga bog‘lanadi. Tabiat borliqning butun yashirin manosini qamrab oladi, shu sababli u bilan muloqot qilish, uning tabiiylik darajasini sinab ko‘rish muhimdir. Tabiatni o‘rganuvchi fanlar birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Jamiyatda tashabbuskorlik, faollik va omilkorlikning rivojlanishi individualizmga asoslangan antropotsentristik dunyoqarashni shakllantiradi.
XVII-XVIII asrlarning faylasuflari Golbax, Gelvetsiy, Lametri borliq tushunchasini fizik borliq bilan bog‘laydi. Bu faylasuflarning naturalistik qarashlari mexanikaning faol rivojlanishi bilan belgilangan va ularning tabiat haqidagi tabiiyilmiy tasavvurlarini aks ettirgan. Bundan borliqni «naturallashtirish» g‘oyasi kelib chiqqan.
Spinoza (1632-1677) dunyo haqidagi monistik talimotni yaratdi. Uning monizmi panteizm ko‘rinishida namoyon bo‘ladi: Benedik Spinoza o‘z ontologiyasida Xudo va tabiatni ayniylashtiradi, bunda Xudo yaratuvchi tabiat va yaratilgan tabiat sifatida amal qiladi. Ayni vaqtda B.Spinoza birgina moddiy substansiya mavjud bo‘lib, uning asosiy atributlari ko‘lamlilik va fikrlashdir, degan g‘oyani ilgari suradi. Shunday qilib, butun tabiat u Xudo bo‘lgani uchungina emas, balki unga fikrlash xos bo‘lgani uchun ham jonli hisoblanadi. Spinoza butun tabiatni jonlantirib, shu tariqa gilozoist-faylasuf sifatida ham namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |