Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə41/496
tarix30.04.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#56731
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   496
Falsafa. 2021 y (2) янги

Nemis klassik falsafasi «substansiya» (dunyoni tushunish zamirida yotuvchi, nisbatan barqaror va mustaqil holda mavjud mohiyat), «mutlaq «Men»ning erkin, sof faoliyati» (Fixte), «obektiv rivojlanuvchi g‘oya» (Gegel) kabi falsafiy kategoriyalarni qayd etib, borliq muammolari talqiniga yanada teranroq mazmun baxsh etdi.

Jumladan Gegelning «Ruh fenomenologiyasi» asari falsafiy tizimga o‘ziga xos debochadir. Bu asarda Gegel inson ongi turli darajalari rivojlanishining izchil qatorini tahlil qiladi.

Gegel tizimining birinchi va muhim qismi – «Mantiq» «Ruh

fenomenologiyasi»ning yakuni va xulosasidir. Bu subekt va obektga qadar mavjud bo‘lgan «sof fikr» sohasidir. Mantiqda uning o‘zi va mantiq shakllaridan tashqari hech qanday empirik mazmun mavjud emas. Mantiq tarix va tabiatdan oldin paydo bo‘lgan. Mantiq ularni yaratgan.

Mantiq uch qismga: borliq, mohiyat va tushuncha haqidagi talimotga bo‘linadi. Borliq va mohiyat tushuncha o‘zini to‘liq namoyon etgunga qadar «ko‘tariladigan» pillapoyalar sifatida qaraladi. «Mantiq»da mutlaq g‘oyaning rivojlanishi mavhum mantiqiy kategoriyalar ko‘rinishida yuz beradi. Uning tayanch nuqtasi – borliq haqidagi sof mavhum fikr. Dastlab mazmunsiz bo‘lgan bu «sof borliq» tushunchasi «nimadir» orqali o‘z mazmunini kasb etishga harakat qiladi. Bu «nimadir», o‘z navbatida, «muayyan borliq»dir. Gegel fikriga ko‘ra, mutlaq g‘oyaning vujudga kelish jarayoni ayni shu tariqa boshlanadi. «Muayyan borliq» keyingi bosqichda «qandaydir muayyan borliq» sifatida amal qiladi yoki sifat kasb etadi. Sifat kategoriyasi miqdor kategoriyasi bilan birga rivojlanadi. Sifatli miqdor yoki miqdoriy sifat esa o‘lchov hisoblanadi. Borliq haqidagi talimotda Gegel dialektika qonunlaridan biri: miqdordan sifatga va sifatdan miqdorga o‘tish, rivojlanish jarayonlari sakrash tarzida yuz berishini asoslashga harakat qiladi.

Hodisa sifatida tushuniladigan borliqdan Gegel yanada teranroq, ichki qonuniyatlarga – mohiyatga o‘tadi. Bu qismda Gegel qarama-qarshiliklarning birbiriga o‘tishi, ularning birligi, ayniyat va kurash to‘g‘risidagi qonunni tahlil qiladi. Gegel fikriga ko‘ra, ziddiyat – bu qarama-qarshiliklarning o‘zaro nisbatidir. Ular bir-birisiz mavjud bo‘lmaydi, lekin turli yo‘ldan rivojlanadi va bu ular o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuviga sabab bo‘ladi. Ziddiyatni echish yoki unga chek qo‘yish talab etiladi. Gegel ziddiyatni asos va oqibatning, shakl va mazmunning, hodisa va mohiyatning, imkoniyat va voqelikning, tasodif va zaruriyatning o‘zaro nisbatida ko‘radi. Ziddiyat haqidagi talimotni rivojlantirar ekan, Gegel ichdan zarur bo‘lgan, har qanday o‘zgarish va rivojlanishning manbai sanalgan «o‘z-o‘zidan harakat» haqida xulosa chiqaradi.




Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   496




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin