Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə44/496
tarix30.04.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#56731
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   496
Falsafa. 2021 y (2) янги

Borliqning ekzistensial-germenevtik konsepsiyasi. Ekzistensialistlar mushohada yuritish orqali anglab etish mumkin bo‘lgan mohiyat (essensiya)ni amalda mavjudlik (ekzistensiya)ga qarshi qo‘yadilar. Ular borliqning mazmuni to‘g‘risidagi masalaga qaytish lozimligini etirof etadilar. Lo‘nda qilib aytganda, borliqning oqilona tavsifi uning asl mazmunini yoritib berishga qodir emas. Bunday mazmun hayot tajribasida, yani «shu erda-borliq» yoki mavjudlik orqali namoyon bo‘ladi. Germenevtika borliq sxemasi yoki formulasini aniqlashga emas, balki uning mazmunini bilishga qaratilgan. Falsafiy muammo sifatidagi borliqning mazmuni insonni o‘z mavjudligining pirovardliligi va tasodifiyligini anglash natijasida yuz bergan shokdan xalos etishi lozim. Bir so‘z bilan aytganda, bu erda aristotelcha analitikaga xaydeggercha germenevtika qarshi qo‘yiladi.

Borliq germenevtikasi oqilona-sxematik yoki metafizik bilimga ishonchsizlik ko‘zi bilan qarashga asoslanadi. Falsafa tarixida germenevtikaning ayrim tarafdorlari: a) mistik; b) estetik; v) intuitiv; g) irratsional narsalar va hodisalarga qarab mo‘ljal oladilar. Dunyoni anglab etish mazkur usulining aks sadolari Pifagor (osmon musiqasiga quloq solish), Platon (g‘oyalar xususida mushohada yuritish), Tertullian (absurd orqali haqiqatning tagiga etish), Paskal (aql haqiqatlariga yurak haqiqatini qarshi qo‘yish), romantiklar, Kerkegor, SHopengauer va Nitsshe metodida mavjud.



Borliq va mavjudlik konsepsiyasi M.Xaydegger loyihasining tayanch nuqtasi hisoblanadi. (1889-1976. Bu loyihani ishlab chiqish bilan u asosan «Borliq va vaqt», «Fenomenologiyaning asosiy muammolari» asarlarida shug‘ullanadi). M.Xaydegger fikricha borliq, mavjudlikning borlig‘i, lekin borliq mavjudlikdan kelib chiqadigan yo‘qlik emas, yani u mavjudlik hisoblanmaydi. Bu erda Xaydegger I.Kantning borliq predikat emas, degan fikriga qaytadi. Ammo bu holda borliq nima? Keng tarqalgan tasavvurga ko‘ra, mavjud narsalarning barchasi ayni bir borliq usuli – mavjudlik bilan tavsiflanadi. Shunga muvofiq tabiat va ruh (g‘oya va narsa, res cogitans va res extensia) farqlanadi. Ammo bu farqlash borliqning usullari o‘rtasidagi farqni ifodalashga qodir emas. U faqat mavjud narsaning mohiyatini belgilovchi unsurlar o‘rtasidagi farqni aks ettiradi.

M.Xaydegger fikriga ko‘ra, borliq usullarini ajratishning haqiqiy yo‘li borliqning mohiyati (essentia) va usulining bir-biriga mansubligini mohiyat va usulning borliq g‘oyasiga mansubligi nuqtai nazaridan tahlil qilishga asoslanadi. Nemis mutafakkiri borliqning olti usuli: ekzistensiya, birgalikda mavjudlik, qo‘l ostidalik, hozirlik, hayot va barqarorlikni farqlaydi. Bu usullarning barchasi birbiridan shu darajada farq qiladiki, «borliq» tushunchasining yagonaligini shubha ostida qoldiradi. Bu erda mavjudlik to‘g‘risidagi masala Xaydegger qarshisida eng muhim masalalardan biri sifatida ko‘ndalang bo‘ladi.

Mavjudlik tushunchasining tahlili uning «hozirlik», «dunyo» va «qo‘l ostidalik» tushunchalari vositasida ifodalanuvchi fenomenlar bilan ontologik o‘zaro aloqasini qayd etishdan boshlanadi. Bunda mavjudlikni borliq turlaridan biri sifatida tushunish mumkin emasligi, mavjudlik muammosini, «uning shartlari va chegarasini» atroflicha o‘rganish zarurligi takidlanadi. Faylasuflar hatto mavjudlik to‘g‘risidagi masalani qo‘yish usulida ham aniq bir to‘xtamga kelganlari yo‘q. Bu xususda Xaydegger «ongga nisbatan transsendent» bo‘lgan narsa mavjudmi, tashqi dunyoning mavjudligini isbotlash mumkinmi, mavjudlikni anglab etish mumkinmi qabilidagi masalalarni va nihoyat, mavjudlikning mazmuni to‘g‘risidagi masalani aralashtirish odat tusini olganini takidlaydi.

Yuqorida zikr etilgan har xil, lekin o‘zaro bog‘langan masalalar xaydeggercha talqinida mavjudlik muammosi uch qismga ajratiladi: a) borliq hamda «tashqi dunyo»ni isbot qilish mumkinligi muammosi sifatidagi mavjudlik; b) ontologik muammo sifatidagi mavjudlik; v) mavjudlik va tavajjuh.

Birinchi muammoni tahlil qilar ekan, Xaydegger tashqi dunyoning mavjudligi yoki uni isbotlash to‘g‘risidagi masala bir vaqtning o‘zida manosiz va ikki manoli ekanligini qayd etadi. Masalaning manosizligi shu bilan izohlanadiki, mazkur masala dunyoda borliq sifatida mavjudlik bilan qo‘yilgan. Masalaning ikki manoliligi, Xaydegger fikriga ko‘ra, bir-biridan farq qiladigan ikki narsa: nimadadir borliq sifatidagi dunyo va ichki mavjudlik sifatidagi «dunyo»ning aralashuvi tufayli kelib chiqadi. Tashqi dunyoning mavjudligi to‘g‘risidagi masala bu erda dunyo fenomeniga oydinlik kiritmasdan qo‘yiladi. Buning oqibatida amalda isbotlanayotgan narsa yoki hodisaning isbotlash usuli va isbotlashning elon qilinayotgan maqsadi bilan aralashuvi yuz beradi.

Shunday qilib, Kant falsafadagi janjal deb nomlagan masala – tashqi dunyo mavjudligining dalil-isbotlari yo‘qligi Xaydeggerga muammoni noto‘g‘ri qo‘yish bo‘lib tuyuladi. U bunday isbotlashni amalga oshirishni ko‘zlagan shaxslarning shu erda hozirligining o‘ziniyoq mavjudlikning isboti deb hisoblaydi. Xaydegger fikriga ko‘ra, hatto dunyoning mavjudligiga ishonish lozimligini takidlovchilar ham, adashadilar, zero ular bunday dalil-isbotlar idealda mavjud bo‘lishi lozimligini tasdiqlaydilar.




Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   496




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin