Jyulen Ofre de Lametri (1709-1751) moddiy dunyo «o‘z holicha mavjud» ekanligiga, uning boshi ham, oxiri ham yo‘qligiga ishongan. Lametri talimoti Epikurning atomistik g‘oyalari, Spinozaning monistik talimoti va J.Lokk sensualizmi tasirida vujudga kelgan. Lametri jonni aql faoliyati funksiyasi va ko‘rinishi deb hisoblagan va Dekartning umrboqiy nomoddiy jon haqidagi g‘oyasi asossiz ekanligini isbotlashga harakat qilgan.
Deni Didro borliq muammolarini o‘rganish sohasiga dialektikani tatbiq etadi. Uning fikricha, butun materiya his qiladi (bu gilozoizm nuqtai nazari). Ammo u
«inert hissiylik» va «faol hissiylik»ni farq qiladi. «Faol hissiylik» muayyan tarzda uyushgan materiyadagina namoyon bo‘ladi.