Inikosning shakllari. Inikos jarayonining namoyon bo‘lish xususiyati materiyaning tuzilish darajasiga bog‘liq. SHu munosabat bilan inikosning turli, chunonchi:
jonsiz tabiatdagi;
jonli tabiatdagi;
jamiyatdagi darajalari farqlanadi.
Materiyaning rivojlanish jarayonida uning tuzilishining murakkablashuvi yuz beradi. Shu bois materiyaning harakat shakllari qancha bo‘lsa, inikos shakllari ham shuncha bo‘ladi: mexanik, fizik, kimyoviy, biologik (psixik), ijtimoiy va hokazo. inikos shakllarining evolyusiyasi jonsiz tabiat narsalarining xossasi sifatida amal qiluvchi inikos yuqoriroq darajadagi inikosning elementar negizini tashkil etishini nazarda tutadi. Bu darajada inikos muhit haroratining o‘zgarishiga qarab oddiy mexanik deformatsiya, qisqarish yoki kengayish ko‘rinishida, Yorug‘lik inikosi, elektromagnit to‘lqinlarning o‘zgarishi inikosi, ovoz to‘lqinlari inikosi (aks sado), kimyoviy o‘zgarishlar (masalan, lakmus qog‘oz rangining o‘zgarishi) inikosi sifatida amal qilishi mumkin.
Jonsiz tabiatdagi inikosga tanlash xususiyati va kumulyativlik, yani oldingi tasirlarning izlarini saqlash xosdir. Inikosning tanlash xususiyati o‘zaro tasirga kirishuvchi obektlarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Masalan, kimyoviy element boshqa har qanday element bilan emas, balki tanlash va ajratish asosida kimyoviy reaksiyalarga kirishadi hamda birikadi. Tabiatdagi ayrim predmetlar ekranlashtirish xossalariga ega bo‘ladi va elektromagnit to‘lqinlarni aks ettiradi, ayrim predmetlar esa bunday xossalarga ega bo‘lmaydi. Kumulyativlik – oldingi tasirlarning izlarini saqlash tizimning eskirishi haqida hukm chiqarish imkonini beradi. Aks ettiruvchi tizim oldingi tasirlarni «yodda saqlaydi» va o‘zining keyingi faoliyatida ularni hisobga oladi.
Jonlining jonsizdan farqi haqida gapirganimizda, biz XIX asrning ikkinchi yarmida yuzaga kelgan, ammo hozirgi zamon fani inkor etmagan, balki mufassallashtirgan hayotning universal tarifini eslaymiz: «Hayot – bu oqsilli jismlarning mavjudlik usulidir». Oqsillar, aminokislotalar, nuklein kislotalar tiriklikning eng muhim unsurlari hisoblanadi. Ko‘payish, o‘sish va moddalar almashinuvi tirik organizmlarning o‘ziga xos xususiyatidir. O‘z-o‘zidan ko‘payish qobiliyati kimyoviy reaksiyalarning jonsiz tabiatda uchramaydigan turi bilan taminlanadi va matritsali sintez deb ataladi. V.A.Engelgardt jonli sistemalarning yana bir muhim xossasi – «xaosdan tartib o‘rnatish» qobiliyatini, yani hayot jarayonlarining entropiyaga zid xususiyatini qayd etadi. Tirik organizmlar molekulalarning xaotik issiqlik harakatini tartibga solishga qodir.
Jonli tabiatda inikos oddiy bir hujayralilar va o‘simliklarning tasirlanuvchanligi, asab hujayralarining tasirchanligi ko‘rinishida, shuningdek, hayvonlar darajasida ularning xulq-atvorini tartibga solishni taminlovchi psixik inikos ko‘rinishida mavjud bo‘ladi. Biologik inikos shunday bir xossaki, usiz hayvonlar o‘z mavjudlik sharoitiga moslasha olmaydi. Malumki, ayrim o‘simliklarning barglari doimo Yorug‘lik manbai tomonga – nurlar ularga 90 gradusga intiluvchi burchak ostida tushadigan tarzda qarab o‘sadi. Kungaboqar boshchasi quyosh tomonga o‘girilib o‘sadi. Shunga o‘xshash hodisalarni ildiz sistemasining o‘sishida ham kuzatish mumkin. Oziqlanish va suv taminoti shartsharoitlari optimal bo‘lgan joyda ildiz yaxshi o‘sadi.
Mimikriya hodisasi jonli tabiatdagi inikosning o‘ziga xos shakli hisoblanadi. Jonli sistemalar inikosining mazkur shakli mavjudlikning muayyan shartsharoitlariga yaxshiroq moslashish imkonini beradi. Turli hayvonlar ularni ko‘zga ko‘rinmas qilib qo‘yadigan yoki ularning dushmanlarini hurkitadigan shakl, tus yoki holatga kirganida mimikriya hodisasi yuz beradi.
Biologik inikosda ikki jarayon kuzatiladi. Birinchi – inikosda aks etayotgan narsani inikosning barcha (tubanroq) shakllariga xos bo‘lishi mumkin bo‘lgan tuzilishi o‘z ifodasini topadi. Masalan, issiqlik tasirida har qanday jism, shu jumladan, organizm qiziydi. Ikkinchi - aks etayotgan narsaning o‘ziga xos xususiyatlari inikosning jonli tizimlargagina xos bo‘lgan alohida jarayonlari bilan bog‘lanadi. Keltirilgan jarayonga tatbiqan aytish mumkinki, organizmning nafaqat qizishi, balki uning suvsizlanishi ham yuz beradi. O‘simlik suvni bug‘lantiradi, inson terlaydi, uning butun ichki sistemalari normal faoliyati o‘zgaradi. I.Pavlov fikriga ko‘ra, har qanday inikos ikki asosiy komponentdan tashkil topadi: birinchi – tashqi komponent predmetlar o‘rtasidagi reaksiyalar shaklida namoyon bo‘ladi; ikkinchi – ichki komponent o‘zaro tasirlar natijasida yuzaga keluvchi ichki holatlar, izlar shaklida mavjud bo‘ladi56.
Biologik inikos tasirlanuvchanlik va tasirchanlik bilan tavsiflanadi. Sezgi psixik inikosning asosiy shakli hisoblanadi. Organizm asab sistemasiga ega bo‘lgan holdagina psixik inikos to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin. Sezgi organizmning xulqatvoriga tasir ko‘rsatuvchi subektiv, ichki holat sifatida amal qiladi, lekin organizm uchun muhim omillarni obektiv aks ettiradi.
Inikosning psixik shakliga sezgi bilan bir qatorda instinktlar, shartli reflekslar, idrok etish, emotsiyalar, fikrlash kiradi. Instinkt mazkur turning hamma ko‘rinishlarida bir xil bo‘lgan murakkab tug‘ma xususiyat sifatida amal qiladi. Lekin instinkt juda tor doiradagina maqsadga muvofiqdir. Asalarilar shaklan va mustahkamlik jihatidan mukammal bo‘lgan mumkataklar yasaydi. Lekin katak tubi qirqib olib tashlansa, asalari bunga etibor bermaydi va katakka asal quyishda davom etadi. Tirik organizm darajasidagi inikosning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, jonli sistemalarda aktual inikoslar tarzida yuz beruvchi o‘zgarishlar individlar tajribasida va turlarning xossalarida saqlanib qoladi hamda yig‘ilib boradi. Subekt o‘zini qancha faol tutsa, u shuncha ko‘p predmetni aks ettiradi. Masalan, qoyatosh to‘lqinlar tasirida emiriladi, korall – organizm o‘sib boradi. U suvdan oziq moddalarni o‘zlashtiradi. Bunda organizm tasirga shunchaki javob bermaydi, u atrof-muhitni o‘zgartiradi.
Materiya tuzilishining ijtimoiy darajasida inikos quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) o‘z faoliyatini tartibga soluvchi individni ongli aks ettirish; b) fan, sanat hamda ijtimoiy ongning jamiyat hayotini aks ettiruvchi boshqa shakllari; v) inikosning inson suniy sistemalar yaratuvchi texnika, bog‘lanish va boshqaruvdagi shakli alohida o‘rin egallaydi.
Materiyaning umumiy xossasi sifatida tariflaganda, inikosning quyidagi xususiyatlari namoyon bщladi:
inikosning moddiy-energetik o‘zaro tasir jarayonlari bilan uzviyligi;
har qanday aks ettirish jarayoni zamirida sabab-oqibat bog‘lanishi yotadi. Inikos sabab-oqibat munosabatlarining shunday shakli sifatida tushunilishi mumkinki, bunda sababning tarkibi, xususiyati, xossalari oqibatga o‘tadi. Oqibat originalning nusxasi, o‘xshashi sifatida amal qiladi;
aks ettirish – yo‘naltirilgan jarayon. U aks etuvchidan aks ettiruvchi sari harakatlanadi, demak, bu jarayon simmetrik emas, yani bunda sabab (aks ettiriluvchi)ning harakati – birlamchi, oqibat (aks ettiruvchi)ning harakati – ikkilamchi. hatto oddiy aks ettirish jarayoni va uning natijalari ham aks ettiriluvchi obektning mavjudligi va xususiyatiga nisbatan ikkilamchidir;
avvalo, o‘zaro tasir sifatida tushuniluvchi inikos jarayonining obektivligi alohida diqqatga sazovordir;
obraz va originalning o‘zaro mosligi darajasi har xil bo‘lishi mumkin. Inikos natijasi nafaqat tashqi tasirlar (aks ettiriluvchi), balki hodisaning ichki tabiati (aks ettiruvchi) bilan ham belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |