Inikos nazariyasi. Inikos nima? Tabiat obektlari va hodisalarining umumiy xossasi sifatidagi inikos – avvalo, o‘zaro tasirdir. U bir jism boshqa jismga tasir ko‘rsatishini, boshqa jism esa birinchi jism tasiriga javob berishi yoki undan tasirlanishini nazarda tutadi (AV; VA). Bunday o‘zaro tasir tarzida namoyon bo‘ladigan inikosda, bir jism o‘ziga xos xususiyatlarining boshqa jismda aks ettirish jarayoni tushuniladi. Binobarin, inikos tashqi tasirga mos o‘zgarishlar majmuini ifodalaydi. Bunda o‘zaro tasir natijasida aks etuvchi tizimlarning strukturalaridan go‘yoki «nusxa» ko‘chirib olinadi va aks ettiruvchi tizimlarning alohida strukturalarida o‘zgartirilgan ko‘rinishda, «izlar», «muhrlar» shaklida aks ettiriladi. Inikosni o‘zaro tasirga kirishuvchi narsa va hodisalarning o‘z tarkibi hamda xossalarida ayni shu o‘zaro tasirning izlarini qoldirish qobiliyati sifatida tushunish mumkin.