Birlikda Ko‘plikda 1-shaxs. alasїbїn alasїbїz 2-shaxs. alasїsan alasїsїz 3-shaxs. alasї alasї Fe’l o‘zagiga -a ko‘rsatkichi va shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘shish bilan hosil qilinadigan istak mayli o‘g‘uz guruhidagi tillarda uchraydi. U turkiy bobotilda ham mavjud bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Buni ozarbayjon tilidagi al (ol) fe’lining tuslanishi misolida ko‘rish mumkin:
Birlikda Ko‘plikda 1-shaxs. alam alax 2-shaxs. alasan alasїnїz 3-shaxs. ala alalar Turk tilida yaz (yoz) fe’lining tuslanishida biroz fonetik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi:
1-shaxs. yazayїm yazalїm 2-shaxs. yazasan yazasїnїz 3-shaxs. yaza yazalar 11.2. Buyruq mayli.Turkiyshunoslar fikricha, ushbu mayl har xil mayllar yig‘indisidan sun’iy hosil qilingan mayl hisoblanadi. Buni qozoq tilidagi al (ol) fe’lining tuslanishi ham tasdiqlaydi:
Birlikda Ko‘plikda 1-shaxs. alayїn alayьq 2-shaxs. al alїñdar 3-shaxs. alsїn alsїn Bu yerdagi 1-shaxsning birlik va ko‘plik shakli istak mayli qo‘shimchasi -ay ga, 3-shaxs birlik va ko‘plik esa istak maylining boshka tipi -sїnga to‘g‘ri keladi.
Shart mayli. Turkiy tillarda shart maylini -sa -sar va -san ko‘rsatkichlari bilan hosil qilishning uchta modeli uchraydi.
Shart maylining -sar ko‘rsatkichi bilan hosil qilinadigan tipini al (ol) fe’lining tuslanishi misolida ko‘rish mumkin:
Birlikda Ko‘plikda 1-shaxs. al-sa-m al-sa-k 2-shaxs. al-sa-ñ al-sa-g‘їz 3-shaxs. al-sa al-sa Shart maylining -sar ko‘rsatkichi ham, xuddi yuqoridagidek, fe’l o‘zagiga ushbu ko‘rsatkichdan keyin birinchi kategoriya affikslarini biriktirish orqali hosil
qilinadi. -sar ko‘rsatkichli shart mayli o‘rxun-enasoy va uyg‘ur yodnomalarida, shuningdek, X–XIII asrlarga mansub Sharqiy Turkiston matnlarida ham uchraydi:
1-shaxs. alsarman alsarbїz 2-shaxs. alsarsañ alsarsїz
3-shaxs. alsar alsar Shart maylining ushbu tipi hozirgi turkiy tillar uchun xarakterli emas. U biroz o‘zgargan holda faqat yoqut tilida saqlangan. Yoqut tili uchun -tar ko‘r-satkichi xosdir. Aslida, tar< -sar bo‘lib uning -ter, -dar//-der,-lar//-ler, -nar//-ner va lablangan variantlari ham mavjud.