10.2. O‘zlik nisbati. O‘zlik nisbati barcha turkiy tillarda mavjud. Uning ko‘rsatkichi sifatida -n,-їn//-in affiksi xizmat qiladi. Shuningdek, u qadimgi yozma yodgorliklarda qayd qilingan, hozirda yo‘qolib ketgan turkiy tillarda ham mavjud bo‘lgan. Bu ushbu nisbatning turkiy bobotilda ham mavjud bo‘lganligini ko‘r-satadi.
O‘zlik nisbati harakat takroriyligining dastlabki ma’nosini qayta anglash natijasi sifatida vujudga kelgan. Hozirgi paytda turkiy tillarda, oz miqdorda bo‘lsa-da, -їn//-inaffiksining dastlabki ma’nosini saqlagan fe’llar topiladi: tat. sёylän (bir necha marta gapirmoq, so‘zlamoq)(gapirmoq), qaoran (qarab-qarab qo‘ymoq)ora (qaramoq), saoylan(bir necha bor saylamoq)oyla (saylamoq), ozarb. gäzin (birmuncha vaqt yurmoq, aylanib yurmoq)(kezmoq) kabi.
Takroriy harakat ma’nosi asosida subyekt foydasiga sodir bo‘ladigan, uning shaxsiy qiziqishini qanoatlantiradigan harakatning o‘rta nisbat ma’nosi nisbatan tez taraqqiy qilishi mumkin.
Turkiy tillarda takroriy, davomiylik ma’nosini ifodalaydigan -їn//-in affiksi ma’nosi faqat ana shu yo‘l bilan taraqqiy qilishi mumkin: yoq. masta kerdin (o‘zingga o‘tin tayyorla), u:ta bahїn (o‘zingga suv keltir), diete bulun (o‘zingga kvartira izla, top) kabi.
Subyekt uchun sodir etiladigan harakat bevosita subyektga yo‘naltirilgan harakat bilan birlashishi mumkin: tat. yu-їn-am (yuvinaman). Shunday qilib, o‘rtalik nisbat ma’nosi turkiy tillarda o‘zlik nisbatini ifodalashga ko‘chgan, deyish mumkin.
10.3. Birgalik nisbati. Ushbu nisbat ham eski va hozirgi turkiy tillarda uchraydi. Mazkur nisbat turkiy bobotil davridayoq shakllangan edi. Birgalik nisbatining ko‘rsatkichi -їsh//-ish affiksi hisoblanadi: tur. sevish (sevishish), tat. sug‘ьsh (urishish), no‘g‘. barьs (birgalikda bormoq), turkm. olїsh (olishish), chuv. vъrъs (urishish), qoz. jazьs (yozishish) kabi.