-achaq affiksi belgining kamligini bildiradigan -chak sifat yasovchi affiksi bilan aloqador bo‘lishi ham mumkin: turkm. yїlїjak (issiqroq). Bundan tashqari, ushbu affiks otlardagi kichraytirish ma’nosini ifodalaydigan -chaq affiksi bilan ham aloqador bo‘lmog‘i mumkin: olt. balachaq (bolakay)(bola), xak. turajax (uycha)(uy), esk.uyg‘. qolїchaq (qo‘lcha, tutqich) (qo‘l) kabi.
Demak, ushbu affikslarning, dastlab, kichraytirish ma’nosidan belgini kuchsizlantirish ma’nosi, undan esa modal ma’no kelib chiqqan bo‘lishi mumkin, sababi har qanday modal ma’no noto‘liq, yetishmaslik, voqelikka to‘g‘ri kelmaslik ma’nolariga ega. Natijada modal ma’no asosida kelasi zamon ma’nosi paydo bo‘lgan, deyish mumkin.
Kelasi zamon fe’lining ushbu tipining tarqalish hududi ham chegaralangan bo‘lib, u, asosan, janubiy arealdagi o‘zbek, uyg‘ur, no‘g‘oy, qumiq, qoraqalpoq, ozarbayjon, turk, gagauz va turkman tillarida uchraydi. Unga qozoq tilining g‘arbiy dialektida, tatar adabiy tilida duch kelinadi. Kelasi zamon fe’lining -achak ko‘rsatkichi bilan hosil qilingan shakli tuva, xakas, oltoy va yoqut tillarida uchramaydi. Turkiy bobotilda ham ushbu zamon mavjud bo‘lmagan.
Turkiy tillarda kelasi zamon fe’lining kam ishlatiladigan tiplari kuzatiladi. Chunonchi, turkiy tillardan faqat chuvash tilida -ar//-їr ko‘rsatkichli hozirgi-kelasi zamon fe’li uchramaydi. Chuvash tilida s‘їr (yozmoq) fe’lining kelasi zamonda tuslanishi quyidagicha:
Birlikda Ko‘plikda 1-shaxs. s‘їrъp s‘їrъbъr (yozamiz)
2-shaxs. s‘їrъn s‘їrъr 3-shaxs. s‘їri s‘їris Ayrim turkologlar -ar//-їr ko‘rsatkichining chuvash tilida bir paytlar mavjud bo‘lib, keyinchalik iste’moldan qolganligini taxmin qiladilar. Bir qancha turkiy tillarda kelasi zamonning -r affiksisiz dialektal va so‘zlashuv nutqiga xos shakllari mavjud: tat. barьm (boraman), boshq. biräm (beraman), qar. alїm (olaman) kabi. Qorachoy-balqar tilida r va l bilan tugallanadigan fe’llardan kelasi zamon hosil qilinganda r qo‘llanilmaydi: kelibiz(biz kelamiz), barї(u boradi) kabi.
No‘g‘oy tilida kelasi zamonning -ayaq ko‘rsatkichli kam uchraydigan tipi mavjud. Buni bar (bormoq) fe’lining tuslanishi miolida ko‘rish mumkin: