Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti


Noaniq o‘tgan zamon fe’li



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə130/195
tarix27.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#149418
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   195
O‘zbek tilshunosligi

8.3. Noaniq o‘tgan zamon fe’li. Deyarlik barcha turkiy tillarda o‘tmishda sodir bo‘ladigan harakat natijasini ifodalashga xoslangan noaniq o‘tgan zamon fe’li mavjuddir. Noaniq o‘tgan zamonning bu turini ifodalashning bir necha tipi bor.
Fe’l o‘zak-negiziga -kan//-g‘an sifatdoshini qo‘shish va shaxs-son qo‘shim-chalarini biriktirish orqali fe’lning ushbu tipini hosil qilish tatar, boshqird, qorachoy-balqar, qrimtatar, qumiq, no‘g‘oy, qoraqalpoq, qozoq, o‘zbek, qirg‘iz, uyg‘ur, oltoy, xakas, tuva, shor, tofalar, shuningdek, sibir tatarlari tili dialektlarida uchraydi. Mazkur fe’lni hosil qilish tamoyili, shaxs-son qo‘shimchalaridagi ba’zi o‘zgarishlarni hisobga olmaganda, barcha qipchoq tillaridagiga o‘xshaydi. Buni tatar, qirg‘iz, o‘zbek tillarida al (olmoq) fe’lining tuslanishi misolida yaqqol ko‘rish mumkin:
Tatar tilida
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. aolg‘anmьn aolganbьz
2-shaxs. aolg‘ansьñ aolg‘ansьz
3-shaxs. aolg‘an aolg‘annar
Qirg‘iz tilida
1-shaxs. alg‘anmїn alg‘anbїz
2-shaxs. alg‘ansїñ alg‘ansїñar
3-shaxs. alg‘an alg‘an
O‘zbek tilida
1-shaxs. olganman olganmiz
2-shaxs. olgansan olgansiz
3-shaxs. olgan olganlar
O‘g‘uz guruh tillar–ozarbayjon, turk, gagauz tillarida ushbu zamon -mїsh sifatdoshiga birinchi kategoriya shaxs affiksini qo‘shish orqali hosil qilinadi. Buni ozarbayjon tilidagi yaz (yozmoq) fe’lining tuslanishi misolida ko‘rish mumkin:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. yazmїsham yazmїshїx
2-shaxs. yazmїshsan yazmїshsїnїz
3-shaxs. yazmїshd їr yazmїshlar
-mїsh affiksning ancha qadimgi shakli -bїsh bo‘lib, yoqut tilida fonetik o‘zgarishlar natijasida -bїsh>-bїs>-bїt shakliga ega bo‘lgan:
1-shaxs. körbüppün körbüppüt
2-shaxs. körbükküñ körbükküt
3-shaxs. körbüt körbüttär

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin