Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə126/195
tarix27.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#149418
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   195
O‘zbek tilshunosligi

7.2. Aniq hozirgi zamon fe’li. Fe’lning ushbu zamonini hosil qilishda yordamchi fe’llar qo‘llaniladi. Sababi turkiy tillarda “bo‘lmoq” fe’l-bog‘lamaning hozirgi zamon formasi bo‘lmaganligidan boshqa fe’llardan foydalaniladi. Ancha ko‘p qo‘llaniladigan, yordamchi fe’llarga yat (yot), tur (turmoq), otur (o‘tir), yur kabilar kiradi. Ulardan keyingisi kamroq ishlatiladi.
Shunday qilib, aniq hozirgi zamon fe’l o‘zagiga -a ko‘rsatkichi, so‘ngra yat yordamchi fe’lining hozirgi zamon shaklini qo‘shish orqali hosil qilinadi. Buni no‘g‘oy tilidagi bar (bor) fe’lining tuslanishi misolida ko‘rish mumkin:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. Bara yatьrman bara yatьrmьz
2-shaxs. bara yatьrsьñ barayatьrsьz
3-shaxs. bara yatьr barayatьrlar
-їp//-ip ravishdoshiga yat yordamchi fe’lining hozirgi zamon formasini qo‘shish bilan ham aniq hozirgi zamon hosil qilinadi. Buni qirg‘iz tilidagi yaz (yoz) fe’lining tuslanishida ham yaqqol ko‘rsa bo‘ladi:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. jazїp jataman jazїp jatabїz
2-shaxs. jazїp jatasїñ jazїp jatasїñdar
3-shaxs. jazїp jatat jazїp jatїshat
Bunday hosila biroz fonetik o‘zgarishlarga uchragan holda uyg‘ur tilida ham kuzatiladi:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. oquvatьmän oquvatьmьz
2-shaxs. oquvatьsäñ oquvatьsьz
3-shaxs. oquvatьdu oquvatьdu
Oltoy tilidagi al (ol) so‘zining tuslanishi quyidagicha:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. alьpdadїm alїpdadїbїs
2-shaxs. alїpdadїñ alїpdadїg‘ar
3-shaxs. alїpdat alїpdat
Sibirdagi tuva, xakas va shor tillarida yat- yordamchi fe’li chat- (chїt-) shakliga: tuv. Qїrg‘an ashaq ulug‘ їyashtїn xölegezinde udup chїdїr (Qari katta daraxt soyasida uxlab yotibdi). Xakas tilida chat->cha- shakliga ega.
Turkiy tillarda aniq o‘tgan zamonning barcha modellari hududiy chegaralanishga ega. Ular O‘rta Osiyo va janubi-sharqiy Sibirda ko‘proq tarqalgan.

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin