1-shaxs birlikda: ozarb. alarїx (olamiz), tur. alarmїz, turkm. alarїs‘, no‘g‘., qoz. alarmьz, tat. aоlьrbьz, chul.tat., tuv. alarvїs, olt., xak. alarbїs, qr.tat. alїrmїz, qoz. alarmьz, qum., alarbїz, tr. qar. alїrbїz, qirg‘. alarbїz, uyg‘. ala(r)mьz kabi.
2-shaxs birlikda: ozarb., tur. alarsїnїz, turkm. alarsїñїz (olasiz), tat. aоlьrsьz, chul.tat. alarzїñnar, olt. alarїg‘ar, tuv. alїrsiler, xak. alarzar, qr.tat. alїrsїnїz, q.balq. alїrsїz, qum. alarsїz, qoz. alarsьñdar//alarsьz, qirg‘. alarsїñar, uyg‘. alarsilar, salar. alїr.
3-shaxs ko‘plikda: ozarb., tur., turkm., tuv., qr.tat., q.balq. alїrlar (olarlar), no‘g‘., olt., xak., qum. alarlar, tat. aоlьrlar, chul. tat. alїrlar, qoz. alar, qirg‘.alїshar, uyg‘. ala(r), salar. alїr kabi.
Turkiy bobotilda va eski turkiy tillarda ushbu zamon bir paytda hozirgi va kelasi zamon ma’nosini anglatgan. Shuning uchun ham g‘arbiy yevropalik turkologlar uni noaniq zamon, deb ataydilar.
Keyinchalik, turkiy tillarda hozirgi va kelasi zamon fe’llarining alohida-alohida formalarini yaratish tendensiyasi paydo bo‘ldi. Ko‘pchilik turkiy tillarda -ar, -їr ko‘rsatkichi kelasi zamonni ifodalaydigan bo‘lib qoldi. Ozarbayjon tilida- їr//-ir ko‘rsatkichi hozirgi zamonni, -ar//-är ko‘rsatkichi kelasi zamonni ifodalaydigan bo‘ldi: yazїr (yozayapti), ammo yazar (u yozadi) kabi.
Turkiy tillarda hozirgi zamonni ifodalash uchun -a ko‘rsatkichli modeldan foydalaniladi: tat. ba°ram (borayapman), qoz. jazamьn (men yozayapman) singari. Ayrim tillarda hozirgi zamonning yangi tiplari vujudga keltirilgan.
Yоqut tilidagi hozirgi zamon aralash tipga mansubdir. Buni aha (qirqmoq, kesmoq) fe’li misolida ko‘rish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |