Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə120/195
tarix27.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#149418
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   195
O‘zbek tilshunosligi

Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. aladїm aladїbїs
2-shaxs. aladїñ aladїñnar
3-shaxs. aladї aladї(lar)
Bunda hozirgi zamon fe’li o‘zagi sifatida ala+t qatnashadi.
Oltoy tilida ham shu holatni ko‘rish mumkin:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. baradїm bardїbїs
2-shaxs. baradїñ baradїñ
3-shaxs. barat barat(lar)
Hozirgi zamonning bu tipi Sibirdan uzoqdagi chuvash tilida sїr (yozmoq) fe’li misolida yaqqol ko‘rinadi:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. s‘їradъp s‘їratpъr
2-shaxs. s‘їraъn s‘їradъr
3-shaxs. s‘їrat s‘їras‘s‘i
Ushbu holat ozarbayjon tilining kuba dialektida ham uchraydi:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. aladїm aladїg‘
2-shaxs. alasan alasїz
3-shaxs. aladї aladї
Turkiyshunoslikda -t ning paydo bo‘lishini tur (turmoq) fe’li bilan bog‘la-nishi haqidagi fikrlar bor. Bunday holat qumiq tilining kaytak dialektida uchraydi: ala turaman (men hozir olaman); eski usmon tilida kacha durur (u qochyapti); M. Koshg‘ariyda: aqa turur (oqayapti) uchraydi.
7.1. Hozirgi-kelasi zamon. Ko‘pchilik turkiy tillarda -a ko‘rsatkichli hozir-gi zamon va hozirgi zamonning -t orttirilgan shakli bilan aralashuvidan vujudga kelgan aralash hozirgi zamon fe’liga ham duch kelinadi. Buni no‘g‘oy tilidagi al- (olmoq) so‘zining tuslanishi misolida ko‘rish mumkin:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. alaman alamьz
2-shaxs. alasan alasїz
3-shaxs. aladь aladlar
O‘zbek tilidagi yoz (yozmoq) fe’lining tuslanishida ham shu holat kuzati-ladi:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. yozaman yozamiz
2-shaxs. yozasan yozasiz
3-shaxs. yozadi yozadi(lar)
Xuddi shunday holat qozoq, qirg‘iz, qorachoy-balqar tillarida va sibirlik tatarlar tilida uchraydi:

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin