4. Fe’llardagi ikkinchi kategoriya affikslari. Ushbu kategoriydadagi ko‘rsatkichlar o‘tgan zamon elementi -dї va fe’lning shart mayli hamda qisman egalik affikslari sifatida namoyon bo‘ladi:
Birlik Ko‘plik 1-shaxs. -m -q, -k 2-shaxs. -ñ; -g‘, -g‘їz, -g‘iz 3-shaxs. – –
Ikkinchi kategoriya affikslari birinchinikiga ko‘ra ozchilikni tashkil qiladi.
1-shaxs birlik ko‘rsatkichi -m bo‘lib, u barcha turkiy tillarda saqlangan.
Ushbu affiksning ikkinchi varianti -g‘ bo‘lib, hozirgi turkiy tillardan birortasida ham birlikda qo‘llanilmaydi. Qaraim tilining trakay dialektida 2-shaxs birlik ko‘rsatkichi sifatida kelib chiqishi noma’lum sanalgan y xizmat qiladi.
1-shaxs ko‘plikda ko‘pchilik turkiy tillarda -q//-k ko‘rsatkichi saqlangan. -x affiksi (grafik g‘) ozarbayjon tilida qning oxirgi pozitsiyadagi hosilasi hisoblanadi.
Ayrim turkiy tillarda -q//-k saqlanmagan va analogiya bo‘yicha birinchi kategoriyadagi shunday affiks bilan almashtirilgan. Bu yerda so‘z -bїz//-biz va uning variantlari haqida boryapti: qozoq, oltoy va shor tillarida -bїs//-bis, -pїs//-pis; tuva tilida -vїs//-vis, chuvash tilida -mъr//-mir. 2-shaxs ko‘plik ko‘rsatkichi turkiy tillarda rang-barang bo‘lib, ularning ko‘pchiligi dastlabki -g‘їz affiksining fonetik o‘zgarishga uchragan ko‘rinishlari hisoblanadi.
-g‘їz//-giz qorachoy-balqar, qumiq tillarida uchraydi;
-g‘ьz//-giz tatar tilida uchraydi;
-g‘ьz‘//-giz‘ boshqird tilida mavjud;
-ñїz//-ñiz turkman, qrimtatar, o‘zbek, qozoq (hurmat formasi) tillarida uchraydi;
-nїz//-niz ozarbayjon, turk, gagauz, qaraim tilining gali dialektida bor;
-ñlaruyg‘ur tilida mavjud;
-ñdar//-ñder qozoq tilida uchraydi. Bunda 2-shaxs birlik affiksi -ñga ko‘plik qo‘shimchasi -dar//-der birikkan. Bundan tashqari, -ñьzdar//-ñizder ko‘rsatkichi ham mavjud bo‘lib, u 2-shaxs ko‘plik affiksiga ko‘plik affiksi -dar//-der ning birikuvidan vujudga kelgan.