-bїs//-bis: oltoy, xakas, shor va tuva, chulim-tatar tillarida uchraydi.
-bїt//-bit: faqat yoqut tilida uchraydi. Ushbu affiks -bїs//-bis dan vujudga kelgan, sababi yoqut tilidagi s affikslarda t ga aylanadi;
-mїz//-miz: qrimtatar va o‘zbek tillarida uchraydi;
Uyg‘ur tilida old qator varianti -miz uchraydi;
-mьz//-mьz: qozoq, qoraqalpoq, no‘g‘oy tillarida uchraydi;
-їz//-iz:turk, gagauz tillarida mavjud. Ushbu affiksni, aslida, bobotil davridagi -bїz//-biz dan vujudga kelgan, deb bo‘lmaydi. Ushbu affiksni qadimgi ko‘plik yoki ikkilanishni anglatadigan son ko‘rsatkichi, deyish mumkin: tur. ikiz, o‘zb. egiz kabi;
- їs‘//-is‘: faqat turkman tilida uchraydi. Mazkur affiksdagi (-їz//-iz) oxirgi -z jarangsizlanib, tish oralig‘i s‘ ga aylangan;
-vїs//-vis:chulim tatarlari tilida uchraydi;
Affiks boshidagi intervokal holatda b>v holatda bo‘ladi;
-їx//-ix: ozarbayjon tilida mavjud: yazїrїx (biz yozamiz). Ushbu affiks qadimgi ko‘plik ko‘rsatkichi -їq//-ikka to‘g‘ri keladi;
-pъr//-pir: chuvash tilida uchraydi: pъr//-pir~bїz//-biz. 2-shaxs ko‘plik affikslari quyidagicha:
-sїz//-siz: qumiq, qaraim, uyg‘ur, o‘zbek tillarida uchraydi;
-sьz//-siz:tatar, no‘g‘oy, qoraqalpoq tillarida uchraydi;
-s‘їñїz‘//-s‘iñiz‘: turkman tilida uchraydi. Ushbu affiks ikkita qismdan, ya’ni 2-shaxs birlik ko‘rsatkichi -sїñ//-siñ va ikkilanish sonining qadimgi affiksi -їz//-iz dan tashkil topgan. Mazkur affiks -sї+ñїz tarzida ham shakllangan bo‘lishi mumkin. Bunday holatda -sї elementining kelib chiqishi ma’lum bo‘lmay qoladi. Bu yerda alasїg‘їz, alasїñiz (olsingiz) tipidagi so‘zlardagi qadimgi forma–asї ning ta’sirida paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin;
-hьg‘z‘//-higiz‘: faqat boshqird tilida uchraydi. Ushbu, aslida, affiks tarixan -sїg‘їz‘//-sigiz‘dan kelib chiqqan bo‘lib, bundagi -sїg‘//-sig 2-shaxs birlik affiksi variantiga qadimgi ikkilanish soni yoki ko‘plik ko‘rsatkichi -їz//-iz ni qo‘shish bilan vujudga keltirilgan;