3. Turkiy tillarda fe’lning shaxs ko‘rsatkichlari. Turkiy tillarda fe’l shaxs ko‘rsatkichlariniñ ikki tipi–birinchi kategoriya shaxs ko‘rsakichlari va ikkinchi kategoriya shaxs ko‘rsatkichlari mavjud.
Birinchi kategoriya shaxs ko‘rsatkichlari hozirgi va kelasi zamon, shuningdek, noaniq o‘tgan zamon va aniq zamon uchun xosdir. Uning dastlabki tizimini avvalgi holatga quyidagicha keltirish mumkin:
Birlik Ko‘plik 1-shaxs. -ban//-ben -bїz//-biz 2-shaxs. -sañ//-säñ, -sїg‘//-sig‘ -sїz//-siz 3-shaxs. - -
Ko‘rinib turganidek, fe’l affikslari vazifasida (3-shaxs birlik va ko‘plik bundan mustasno) ayrim turkiy tillarda fonetik o‘zgarishlarga uchragan kishilik olmoshlari kelgan. Natijada ularning turli variantlari paydo bo‘lgan.
1-shaxs birlikda turkiy tillarda quyidagi affikslar ishtirok etadi:
-bїn//-bin:qozoq, chulim-tatar, yoqut, xakas tillari;
-mїn//-min: yoqut, chulim-tatar, qirg‘iz, qoraqalpoq, qrimtatar kabi tillar;
-mьn// -min: tatar, boshqird. qozoq tillari;
-man//-men: no‘g‘oy, qoraqalpoq, qumiq va o‘zbek tillari.
Yuqoridagi uchta variant umumturkiy ä ni ye tarzida ifodalaydi. Keyingi variantdagi a singarmonistik qarama-qarshilik natijasida vujudga kelgan.
-män: faqat uyg‘ur tilida uchraydi. Bunda män dagi ä qadimgi ä ni ifodalaydi;
-m: tatar va boshqird tillarida: min baoram (men boraman). Aslida, bu affiks ikkinchi kategoriya shaxs affiksi bo‘lib, analogiya bo‘yicha o‘tkazilgan;
-їm//-im:oltoy, shor, qrimtatar, gagauz, turk. tillarida uchraydi.Ushbu affiks bobotil davridagi -bän bilan aloqador emas. Bu yerda 1-shaxs birlik affiksining o‘tgan zamon ko‘rsatkichi -dї ga ta’siri bo‘lgan bo‘lishi mumkin: aldїm (men oldim);
-їn//-in faqat turkman tilida uchraydi. Bir vaqtlar turkman tilida ushbu ko‘rsatkich xuddi turk tilidagidek, -їm//-im shakliga ega bo‘lib, oxirgi -n ta’sirida 1-shaxs birlikdagi men olmoshidagi m>n: їm>- їn;