-sьñdar//siñder va -sьzdar//-sider: qozoq tilida uchraydi. Birinchi holatda 2-shaxs birlik affiksiga ko‘plik affiks variantlaridan biri -dar//-der, ikkinchi shakl hurmat shakli bo‘lib, 2-shaxs ko‘plik affiksi -sьz//-siz+dar//-der ni o‘ziga biriktiradi;
-sїñar//-siñer: chulim-tatar, xakas, qirg‘iz tillarida uchraydi. Uning ikki unli orasida s ning jaranglilashgan variantlari bo‘lishi mumkin: olt. -zїñar//-ziñer. Mazkur affiksning tarkibi juda aniq bo‘lib, unda 2-shaxs birlikdagi -sьїñ//-sin (-z їñ//-ziñ) affiksiga ko‘plik ko‘rsatkichlaridan biri -ar//-er birikkan;
qirg‘iz tilida hurmat ma’nosini ifodalaydigan -sїzder//-sizder affiksi ham bor (2-shaxs ko‘plik -sїz//-siz+ko‘plik affiksi -dar//-derdan hosil bo‘lgan);
-zar//-zer: xakas, shor tillarida uchraydi. Bundagi -ar//-er elementi qadimgi ko‘plik ko‘rsatkichlaridan biridir. Birinchi z elementi s ning jaranglilashgan ko‘rinishidir;
-sїg‘ar//-sig‘ar va -zїg‘ar//-zig‘ar: oltoy tilida mavjud bo‘lib, birinchi element 2-shaxs birlikning qadimgi varianti -sїg‘//-sig‘ affiksiga ko‘plik ko‘rsat-kichlaridan biri -ar//-är qo‘shilib hosil qilingan;
-g‘їt//-git (-kїt//-kit, -xїt//-xit, -ñїt//-ñit) faqat yoqut tilida uchraydi. -g‘їt affiksi <-g‘їz (-giz>-g їs>-g їt);
-ьr//-ir: affiksi faqat chuvash tilida uchraydi. Ushbu ko‘rsatkich -їz//-izga borib taqalishi mumkin. Ammo turkiy tillar uchun xarakterli emas. Unda dastlab, - їg‘їz//-ig‘iz ko‘rsatkichi bo‘lib, g‘ ikki unli orasida yo‘qolib, oxirgi z>r hodisasi sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin;
-siler//-silär tuva, tofalar, uyg‘ur tillarida uchraydi. Ushbu affiks -sizlar hurmat ma’noli affiks bo‘lib, 2-shaxs ko‘plik ko‘rsatkichi -sїz//-siz ga -lar ko‘plik affiksi birikuvidan vujudga kelgan.
Turkiy bobotilda 3-shaxs ko‘plikning maxsus ko‘rsatkichi bo‘lmagan. Keyinchalik, ayrim turkiy tillarda 3-shaxs birlik shakliga ko‘plik qo‘shimchasi -lar affiksi qo‘shila boshlagan.
Chuvash tilida 3-shaxs ko‘plikning -s‘ alohida affiksi mavjud: kiles‘s‘i (ular kelyaptilar)(ular yozayaptilar)ko‘plik ko‘rsat-kichlaridan biri, ammo uning kelib chiqishi aniq emas.
Qirg‘iz tilida, ba’zan o‘zbek tilida ham subyektlarning ko‘pligi birgalik nisbati qo‘shimchasi bilan ifodalanadi: qirg‘. jazїshat (ular yozayaptilar).