7. Turkiy tillarda hozirgi zamon fe’llari va ularning ko‘rinishlari. Tur-kiy tillarda hozirgi zamon fe’llari hozirgi noaniq zamon, hozirgi aralash zamon, hozirgi aniq zamon kabilarga ajratiladi.
Hozirgi noaniq zamonning struktur tiplari nisbatan uncha ko‘p emas.
Hozirgi turkiy tillarda fe’l o‘zagi+a+birinchi kategoriya shaxs affikslari yordamida hosil qilingan hozirgi zamon tatar, boshqird, qumiq, qrimtatar, shuningdek, Sibirdagi tatarlar dialektlarida ancha keng tarqalgan:
Birlikda 1-shaxs. tat., boshq. aolam (olaman), barab. tat. alam, qr.tat. alam. 2-shaxs. tat. aolasьñ (olasan), boshq. aolahьñ, barab. tat., qum. alasañ, qr.tat. alasїñ. 3-shaxs. tat., boshq. a°la (oladi), barab. tat., qr.tat. ala. Ko‘plikda 1-shaxs. tat. aolabьz (olamiz), boshq. aolabьz‘, barab. tat. alabїs, qum. ala-bїz, qr.tat. alamїz. 2-shaxs. tat. aоlasьz (olasiz), boshq. aоlahьg‘z‘, barab. tat., qr.tat., qum. ala-sїz. 3-shaxs. tat., boshq. aоlalar (oladilar), qr.tat., qum. alalar, barab, tat. ala.
Unli bilan tugaydigan hozirgi zamon fe’llarida diftong paydo bo‘ladi. Buni qumiq tilidagi asha (yemoq) so‘zi misolida ko‘rish mumkin:
Birlik Ko‘plik 1-shaxs. ashayman ashaybїz 2-shaxs. ashaysañ ashaysїz 3-shaxs. ashay ashaylar Ushbu diftong fe’l o‘zagi va kelasi zamon ko‘rsatkichi sanalgan ikkita a unlisining qo‘shiluvi natijasida yuzaga kelgan tig‘izlikni bartaraf etish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Hozirgi zamonning -a ko‘rsatkichli shakli turkiy tillarda hozirgi zamonning eng qadimgi ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichning tarqalishi ancha keng. Uning izlari hozirgi zamonning boshqa tiplari: -a li hozirgi zamon shakli eski usmon tilida, uning ta’siri turk tilining ayrim dialektlarida o‘z aksini topgan o‘g‘uz tilida kuzatiladi: esk.usm. verävän (men beraman), alaysїn (olasan), umavuz (biz umidlandik). Bu yerdagi -a ko‘rsatkichi qadimgi so‘z yasovchi affiks bo‘lib, takroriy va doimiy harakatni anglatadi. Uning izlari hozir ham ayrim fe’llarda saqlangan: o‘zb. bur (burmoq)~bur-a (buramoq), o‘zb. urin (urin-moq)~urn-a. Hozirgi zamonning -a ko‘rsatkichli shakli turkiy bobotil davridayoq mavjud bo‘lgan. Hozirgi zamonning -a ko‘rsatkichli va undan o‘sib chiqqan -t li turi chu-lim tatarlari tilida uchraydi: Buni ushbu tildagi al (olmoq) so‘zining tuslanishi misolida ko‘rish mumkin: