Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə121/195
tarix27.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#149418
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   195
O‘zbek tilshunosligi

Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. jazam jazabїz
2-shaxs. jazasїñ jazasїz
3-shaxs. jazat jazїshat
Ko‘rinib turganidek, bu yerda -t ning orttirilishi faqat 3-shaxs birlik va ko‘p-likda ko‘rinadi.
Turkiy bobotilda -ar//-är, -їr//-ir ko‘rsatkichli sifatdoshlar mavjud bo‘lib, uning izlari ayrim turkiy tillarda saqlangan: ozarb. yanar (yonadigan)(yon), yarar (yarar)(yaramoq), tur. gecher (yaxshi jussaga ega bo‘lgan, yuradigan) (yurmoq), olt. uchar qush (uchar qush)(uchmoq), chuv. xizir (tig‘iz) (siqmoq) kabi.
Turkiy bobotilda uchar qush “hozirgi paytda uchayotgan qush” ma’nosini anglatgan bo‘lib, bu xususiyat muayyan darajada asosida -ar//-är, -їr//-ir sifatdoshi bo‘lgan hozirgi zamon formalarida aks etadi. Ular, ayni paytda, hozirgi va kelasi zamon ma’nolarini berishi mumkin.
Sifatdoshning -ar//-ir shaklidan hosil qiliñan hozirgi-kelasi zamon turkiy bobotilda paydo bo‘lib, turkiy tillarda juda keng tarqalgan. Buni al so‘zining birlik va ko‘plikda tuslanishi misolida ham ko‘rish mumkin.
Quyida 1-shaxs birlikdagi tuslanishni keltiramiz: ozarb. alїram (olaman), tur., olt. alarїm, turkm. alarїn, o‘zb. olarman, no‘g‘., qum. alarman, tat. aolarmьn, tuv. alїrmen, xak. alarbїn, chul. tat., qr.tat. alarїm, q.balq. alїrma, qoz. alarmьn, qar., qirg‘. alarmїn, uyg‘. ala(r)män kabi.
2-shaxs birlikda: ozarb. alarsan (olasan), tur. alarsїn, turkm. аlarsan, no‘g‘. alarsьñ, tat. aоlarsьñ chul. tat., olt. alarїñ, tuv. alarseñ, xak. alarzїñ, qr.tat. alїrsїñ, q.balq alїrsa, qoz. alarsьñ, qirg‘. alarsїñ, qum. alarsañ, uyg‘. alarsäñ kabi.
3-shaxs birlikda: ozarb., turkm., no‘g‘., olt., xak., chul.tat., qoz., qirg‘., uyg‘. alar (olar), tur., qr.tat., tr.qar. alїr, tat. aоlьr kabi.

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin