Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə129/195
tarix27.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#149418
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   195
O‘zbek tilshunosligi

8.2. Aniq o‘tgan zamon fe’li. Turkiy tillarda o‘tgan zamon, shuningdek, hozirgi zamon fe’llari sathida o‘tmishdagi muayyan moment bilan bog‘liq bo‘lgan harakatni ifodalovchi o‘tgan zamon shakllarini hosil qilish tendensiyasi paydo bo‘ldi. O‘rta Osiyo va Sibirdagi bir qancha turkiy tillarda ushbu maqsadda yat (yotmoq), tur (turmoq), otur (o‘tirmoq) va yur (yurmoq) kabi yordamchi fe’llar qo‘llanilgan.
Qozoq tilida fe’lning ushbu tipi fe’l o‘zak-negiziga -a va yat- yordamchi fe’liga uzoq o‘tgan zamon fe’li shaklini qo‘shish orqali hosil qilinadi:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. kele jatьr edim kele jatьr edik
2-shaxs. kele jatьr ediñ kele jatьr ediñiz
3-shaxs. kele jatьr edi kele jatьr edi
Oltoy tilida -їp//-ipli ravishdosh va o‘tgan zamon fe’liga yat- (yotmoq) yordamchi fe’liga shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘shish bilan ham fe’lning ushbu tipi vujudga keltiriladi:
1-shaxs. barїp dattїm barїp dattїq
2-shaxs. barїp dattїn barїp dattїg‘ar
3-shaxs. barїp dattї barїp dattїlar


Boshqird tilida aol (olmoq) fe’lining ushbu tipida tuslanishi quyidagicha:
1-shaxs. aola inim aola inik
2-shaxs. aola iniñ aola ininig‘iz
3-shas. aola ini aola inilar


Qumiq, q.balqar tillarida bar (bormoq) fe’lining tuslanishi sal boshqacharoq tarzda:
1-shaxs. bara edim bara edik
2-shaxs. bara ediñ bara edig‘iz
3-shaxs. bara edi bara edilar
Turkman tilida fe’lning ushbu tipi fe’l o‘zak-negiziga hozirgi zamon ko‘rsatkichi -yar ga o‘tgan zamon yordamchi fe’li ko‘rsatkichi ar ni va shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘shish orqali hosil qilinadi:
1-shaxs. yazyardїm yazyardїk
2-shaxs. yazyardїñ yazyardїñїz
3-shaxs. yazyardї yazyardїlar
Ushbu modeldagi yar- o‘rnini turk tilida yor- egallaydi:
1-shaxs. yazїyordum yazїyorduk
2-shaxs. yazїyordun yazїyordunuz
3-shaxs. yazїyordu yazїyordular

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin