Birlik Ko‘plikda 1-shaxs. s‘їrzattїm s‘їrzatъmъr 2-shaxs. s‘їrzattьn s‘їrzattъr 3-shaxs. s‘їrzachchi s‘їrzachchis‘ O‘tgan zamonning mazkur tipining -аn sifatdoshiga o‘tgan zamon ko‘makchi fe’li ar- (bo‘lmoq) fe’lini qo‘shish orqali hosil qilinishi faqat turkman tilida mavjud:
Birlikda Ko‘plikda 1-shaxs. alandїm alandїk 2-shaxs. alandїñ alandїñїz 3-shaxs. alandї alandї O‘tgan zamon sifatdoshi -mїsh va är- (bo‘lmoq) o‘tgan zamon yordamchi fe’lini qo‘shish orqali hosil qilingan shaklini turk tilidagi yaz- (yozmoq) fe’lining tuslanishida ko‘rish mumkin:
Birlikda Ko‘plikda 1-shaxs. yazmїshtїm yazmїshtїk 2-shaxs. yazmїshtїn yazmїshtїnїz 3-shaxs. yazmїshtї yazmїshlardї Aniq o‘tgan zamon fe’lining tuslanishi yoqut tilidagi as- (ochmoq) fe’li misolida quyidagi ko‘rinishga ega:
1-shaxs. aspїt etim aspїt etibit 2-shaxs. aspїt etiñ aspїt etigit 3-shaxs. aspїt eti aspїt etiler -їp ravishdoshiga o‘tgan zamon yordamchi fe’li är- (bo‘lmoq)ni qo‘shish orqali ham aniq o‘tgan zamon fe’li hosil qilinadi:
Birlikda Ko‘plikda 1-shaxs. yozib edim yozib edik 2-shaxs. yozib ediñ yozib ediñiz 3-shaxs. yozib edi yozib edilar 9. Turkiy tillarda kelasi zamon fe’li. Ko‘pchilik turkiy tillarda hozirgi-kelasi zamon fe’lining qadimgi formasi kelasi zamon uchun moslashgan. Bu bejiz emas. Unda kelasi plandagi harakatni ifodalash bilan bog‘liq modal ma’no ottenkasi aks ettiriladi. Shuning uchun ayrim turkologlar unga kelasi zamon davom fe’li sifatida qaraydilar. Buni turkman, oltoy tillaridagi al (ol), tatar tilidagi kel so‘zlarining tuslanishi misolida ko‘rish mumkin:
Turkman tilida Birlikda Ko‘plikda 1-shaxs. alarїn alarїs‘ 2-shaxs. alars‘їñ alars‘їñїz‘ 3-shaxs. alar alarlar