-mїsh sifatdoshi qadimgi turkiy yozma yodgorliklarda ham uchraydi: Qañїm qag‘an yäti yegirmi ärin tashїqmїsh (Mening otam 17 kishini olib ketgan).
Qadimgi turkiy tillarda -qan va -mїshli sifatdoshlar aralash holda qo‘llanilgan bo‘lsa, keyinchalik ayrim guruhdagi turkiy tillarda -qan//-g‘an, boshqa turkiy tillarda esa -mїsh ishlatiladigan bo‘lib qolgan.
Fe’lning ushbu tipi -їp//-ip ravishdoshi fe’l o‘zagiga qo‘shish va birinchi kategoriya shaxs affikslarini biriktirish orqali ham hosil qilinadi.
Buni al (olmoq) so‘zining qozoq, no‘g‘oy, qirg‘iz tillarida tuslanishida ham ko‘rish mumkin:
Qozoq tilida Birlikda Ko‘plikda 1-shaxs. alьppьn alьppьz 2-shaxs. alьpsьñ alьpsьndar 3-shaxs. alьptь alьptь No‘g‘oy tilida 1-shaxs. alьppan alьppьz 2-shaxs. alьpsañ alьpsьz 3-shaxs. alьptь alьptьlar Qirg‘iz tilida 1-shaxs. alїpmїn alїppїz 2-shaxs. alїpsїñ alїpsїñar 3-shaxs. alїp alїptїr Hozirgi uyg‘ur tilida fonetik o‘zgarishlar natijasida ushbu tip quyidagicha ko‘rinishga ega:
1-shaxs. aptimen aptьmьz 2-shaxs. apsäñ apsilä(r) 3-shaxs. aptu aptu Turkiy tillarda aniq o‘tgan zamon fe’li xuddi noaniq o‘tgan zamondek -g‘an sifatdoshi orqali hosil qilinadi. Farqi shundaki, ushbu sifatdoshga o‘tgan zamon yordamchi fe’li är (bo‘lmoq) qo‘shiladi. Barcha qipchoq tillarida fe’lning ushbu tipiniñ hosil qilinishi bir xil. Buni birgina tatar tili ol so‘zi tuslanishi misolida ko‘rish mumkin:
Birlikda Ko‘plikda 1-shaxs. aolg‘an idim aolg‘an idik 2-shaxs. aolg‘an idiñ aolg‘an idig‘iz 3-shaxs. aolg‘an idi aolg‘an idilär Xakas va shor tillarida aniq o‘tgan zamon -qan//-g‘an sifatdoshiga pol- (bo‘lmoq) fe’lini qo‘shish orqali hosil qilinadi: xak. parg‘an polg‘an (Men qachondir borganman); shor.: kelgen polg‘am (Men o‘shanda kelganman).
Chuvash tilida o‘tgan zamon sifatdoshi -sa ga o‘tgan zamon yordamchi fe’li ar- ni qo‘shish orqali hosil qilinadi. Buni sїr- (yozmoq) fe’lining tuslanishida ham ko‘rish mumkin: