Tatar tilida 1-shaxs. aоlьrmьn aolьrbьz 2-shaxs. aolьrsьñ aolьrsьz 3-shaxs. aolьr aolьrlar Oltoy tilida 1-shaxs. kelerim keleribis 2-shaxs. keleriñ kelerig‘er 3-shaxs. keler keler Turkiy tillarda kelasi zamon fe’lining hududiy chegaralangan va ancha kam ishlatiladigan shakllari ham mavjud bo‘lib, bunday fe’llar fe’l o‘zagiga -achak//-ächäk ko‘rsatkichini qo‘shish hamda birinchi kategoriya affikslarini biriktirish orqali hosil qilinadi. Fe’l o‘zagiga qo‘shiladigan -achak//-ächäk ko‘rsatkichi turkiy tillarda turli fonetik o‘zgarishlarga uchrashi mumkin:
Qum. bar (bormoq)
Birlikda Ko‘plikda 1-shaxs. barachaqman barachaqbїz 2-shaxs. barachaqsañ barachaqsїz 3-shaxs. barachaq barachaqlar Tatat tilida aol (olmoq)
1-shaxs. aolashрaqmьn aolashaqbьz 2-shaxs. aolashaqьñ aolashaqsьz 3-shaxs. aolashaq aolashaqlar Ozarb. oxu (o‘qimoq)
1-shaxs. oxuyajag‘am oxuyajag‘їx 2-shaxs.oxuyajaxsan oxuyajaksїnїz 3-shaxs. oxuyajaxsan oxuyajakdїrlar
Turk yaz (yozmoq)
1-shaxs. yazajaim yazajaїz 2-shaxs. yazajaksїn yazajaksїnїz 3-shaxs. yazajak yazajaklar Turkman tilida kelasi zamon fe’llariga xos xarakterli xususiyat shundan iboratki, ushbu tipdagi fe’lning ko‘rsatkichi -jak bo‘lib, shaxs ko‘rsatkichlari, umuman, qo‘llanilmaydi. Chunonchi, yazjak (yozmoqchiman) fe’li, ayni paytda, hamma shaxslarda bir xil qo‘llanilavermaydi: men yazjak (men yozmoqchiman), sen yazjak (sen yozmoqchisan), ol yazjak (u yozmoqchi) kabi.
Ko‘rinib turganidek, kelasi zamon fe’lining hosil qiladigan -achak//-echek ko‘rsatkich bo‘lib, uning kelib chiqishi to‘g‘risida turli fikrlar bor. Ozarbayjon tilida hatto imkoniyat ottenkasini ifodalaydigan ushbu affiks bilan yasalgan otlarga duch kelinadi: yanajak (yoqilg‘i–yonishi mumkin bo‘lgan narsa), yatajak (ko‘rpa-to‘shak) va hokazo.
Turkiy tillarda nimagadir moyillik, havas, qiziqish ma’nolarini anglatadigan -chaq//-chäk affiksi yordamida hosil qilingan otdan yasalgan sifatlar uchraydi: ozarb. utanjak kїz (uyatchan qiz), no‘g‘. maqtanshaq, o‘zb. maqtanchoq, no‘g‘. yerinshek, tat. iränshik (erinchak) kabi.