Birlikda Ko‘plikda 1-shaxs. yazmaktaydїm yazmaktaydїk 2-shaxs. yazmaktaydїn yazmaktaydїnїz 3-shaxs. yazmaktaydї yazmaktaydїlar Ozarbayjon tilida 1-shaxs. yazmaxta idim yazmaxta idik 2-shaxs. yazmaxta idin yazmakta idiniz 3-shaxs. yazmaxta idi yazmaxta idilär Uzoq o‘tgan zamonning -їr//-ir li sifatdosh va egalik affikslarini qo‘shish bilan hosil qilingan ko‘rinishi faqat yoqut tilida uchraydi: barar-їm (men ketgan edim), barar-їn (sen ketgan eding), barara (u ketgan edi) kabi.
Bir qancha turkiy tillarda, asosan. no‘g‘oy guruhida -aturg‘an li hozirgi zamon sifatdoshlaridan hosil qilingan o‘tgan zamonning odatdagi o‘tgan zamon ko‘rinishiga duch kelinadi. Ushbu sifatdosh affiksi -atъrg‘an, -atag‘an, -atїg‘an, -atїn kabi shakllarga ega bo‘lishi mumkin. Bu yerdagi -a hozirgi zamon ko‘rsatkichi, turg‘an esa -g‘an sifatdoshi va tur (turmoq) fe’lidan tashkil topgan. Buni tatar tilidagi bar (bormoq) fe’lining tuslanishi misolida ko‘rish mumkin:
Birlikda Ko‘plikda 1-shaxs. baоra tъrg‘an idim baora tъrg‘an idik 2-shaxs. baоra tъrg‘an idiñ baоra tъrg‘an idig‘iz 3-shaxs. baоra tъrg‘an idi ba ra tъrg‘an idilar
No‘g‘oy tilida bar (bormoq) fe’li quyidagicha tuslanadi:
1-shaxs. baratag‘an edim baratag‘an edik 2-shaxs. baratag‘an ediñ barag‘an ediñiz 3-shaxs. baratag‘an edi baratag‘an ediler Qabardin-balqar tilida fe’lning ushbu tipi hozirgi zamon sifatdoshi -uchїga o‘tgan zamon yordamchi fe’li ko‘rsatkichi er- (bo‘lmoq)ni qo‘shish bilan hosil qilinadi:
1-shaxs. barїwchu edim barїwchu edik 2-shaxs. barїwchu ediñ barїwchu edig‘iz 3-shaxs. barїwchu edi barїwchu edim
Qirg‘iz tilida jaz (yozmoq) fe’lining tuslanishi quyidagicha:
1-shaxs. jazchumun jazchubuz 2-shaxs. jazchusuñ jazchusuñar 3-shaxs. jazchujazїshchu Shor va xakas tillarida fe’lning ushbu tipi fe’l o‘zagiga -chañ sifatdoshi va birinchi kategoriya affiksini qo‘shish yordamida hosil qilinadi. Buni shor tilidagi aña (ovlamoq), xakas tilidagi їrla (kuylamoq) fe’llarining tuslanishi misolida ko‘rish mumkin:
1-shaxs. añachañїm añachañmїs 2-shaxs. añachañzїñ añachañzar 3-shaxs. añachañ añachañnar