TRANSKRIPSIYA VA SHARTLI QISQARTMALAR
Turkiy tillar alfavitlari va imlo qoidalarida mushtarakliklar bilan bir qatorda, har xilliklar va o‘ziga xos xususiyatlar bo‘lganligi sababli turkiy tillar tovush tizimining barcha jihatlarini to‘la aks ettirishga, ayniqsa, lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alfaviti ojizlik qiladi. Shuning uchun barcha turkiy tillarning tovushlarini aynan o‘zidagidek berish maqsadida fonetik transkripsiyadan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Jahondagi turkiy tillarning nomlari va ularga tegishli shevalar shartli qisqartmalarda berildi.
I. TRANSKRIPSIYA
Unlilar uchun:
a – orqa qator, keng, lablanmagan unli bo‘lib, rus tilidagi aga to‘g‘ri keladi.
a: - orqa qator, keng cho‘ziq unli.
a° - lablanmagan, orqaroq unli.
ä – old qator, tor, cho‘ziq unli bo‘lib, ingliz tilidagi man so‘zidagi a ga to‘g‘ri keladi.
e – old qator, o‘rta keng unli.
e: - old qator, o‘rta keng unli.
o – orqa orqa qator, lablangan keng unli.
ö – old qator, keng, lablangan unli
o: - orqa qator, keng cho‘ziq unli.
u – orqa qator, lablangan tor unli.
u: - orqa qator, cho‘ziq tor, lablangan unli.
ü – old qator, qisqa, lablangan unli.
ü°-yoqut tili uchun xos bo‘lgan diftonglashuv.
e – orqa qator (yoqut tilida), keng unli. bo‘lib, rus tilidagi e ga to‘g‘ri keladi.
ё – qisqa i va ü oralig‘idagi o‘rta kuchsiz unli (aslida old qator ъ).
ï – orqa qator, tor unli.
ï: - orqa qator, tor, cho‘ziq unli.
ь – kuchsiz ï.
ъ – qisqa, kuchsiz, ï va o oralig‘idagi unli.
Undoshlar uchun
b – lablangan, jarangli undosh.
v – lab-tish jarangli undosh.
w – lab-lab sonor undosh. bo‘lib, ingliz tilidagi w ga mos keladi.
Dostları ilə paylaş: |