Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə25/195
tarix27.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#149418
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   195
O‘zbek tilshunosligi

ä>e. Qisqa äning rus tilidagi kabi ochiq unliga o‘tishi yoqut tilida sodir bo‘lgan: käl (kel): o‘rx.en., esk. uyg‘., uyg‘. käl, ozarb. gäl, yoq. kel; täñ(teng): ozarb., q.uyg‘., uyg‘. täñ, yoq. ten; kel, äm (emmoq): ozarb., uyg‘. äm, yoq. em.
ä>e munosabatida äning yarim keng ega o‘tishi ko‘pchilik turkiy tillarda uchraydi. Bunday o‘zgarishga cho‘ziqligini yo‘qotgan cho‘ziq ä ham uchragan: käl (kel): ozarb. gäl, uyg‘. käl, tur., qum., turkm., gag. gel; q.qalp., o‘zb., qirg‘., qoz., no‘g‘.,olt., tuv., qar., q.balq. kel: käs (kes): ozarb., uyg‘. käs; tur., turkm., gag., olt., tuv., no‘g‘., qirg‘., q.qalp., qoz., q.balq. kes, qum. ges: täñ (teng): uyg‘., ozarb. täñ, olt. teñ, qirg‘., no‘g‘., qum., o‘zb., q.qalp., qoz. teñ, turkm. deñ, tur. ten.
ä>i. Bu tatar, boshqird, xakas va qisman chuvash tili uchun xarakterlidir: ät (go‘sht): ozarb., uyg‘; ät (gavda), tat. it (go‘sht): boshq., xak. it; ä:r (er) keyinchalik är: tat., boshq. ir; ä:l (qabila ittifoqi), keyinchalik äl: tat. il (mamlakat), boshq., xak. il (xalq); täñ (teng): uyg‘, ozarb. täñ, tat., boshq., xak. tiñ; käl (kel): ozarb. gäl, uyg‘. käl, tat., boshq., xak.., chuv. kil; sä:z (sezmoq), keyinchalik säz: uyg‘. säz, tat. siz, boshq. his‘, xak. sis, chuv. sis; käs (kesmoq): ozarb., uyg‘. käs va tat. kis, boshq. kis‘, xak. kis: yät (yetmoq): uyg‘. yät va tat. yit, boshq. yit, chuv. sit; kän (keng), so‘ngra käñ: uyg‘. käñ va tat., boshq. kiñ; kä:ch (kech), so‘ngra käch, uyg‘. käch (kechasi) va tat. kish (kechasi), boshq. kis‘. Boshqird tilida bu o‘zgarish doimo muntazam emas: boshq. yel (yel, shamol) yil o‘rniga, boshq. kämä (kema), tat. kimä o‘rnida va hokazo. Bu holat xakas tilida ham mavjud.
Ikkilamchi qisqa ä turkiy tillarda ancha kam uchraydi. So‘z oxirida ä turg‘un emas. Bunga quyidagilar misol bo‘loladi: ozarb. täkä (taka) va tur., olt. teke.

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin