ä unlisi affikslar tarkibida, dastlab, aning singarmonistik varianti bo‘lgan. ä>e ning birnichi bo‘g‘inda sodir bo‘lishi, affiksal bo‘g‘inlarda ham ä>e ga olib kelgan: o‘r.tur. göl-ler-de (ko‘llarda) va ozarb. göl-lar-da. Affikslarda äning tatar, ozarbayjon va boshqird tillarida uchrashi bobotil holatining saqlanganligini anglatishi mumkin.
Bobotil davridagi cho‘ziq ä:ning hozirgi turkiy tillardagi izini topish ancha qiyinchilik tug‘diradi. Bu cho‘ziq ä: bilan keladigan so‘zlarning juda kamligi bilan izohlanadi. Sababi cho‘ziq ä: yoki qisqargan, yoki diftongga aylangan bo‘lishi mumkin. Ba’zan u sifat jihatdan boshqa unlilarga o‘tadi.
Cho‘ziq ä: ba’zi turkmancha so‘zlarda saqlangan: turkm. bä:sh (5), uyg‘. bäsh; turkm. gä:p (model), chuv. kap (shakl, forma, model), yoq. kiep ä:>ie:. Cho‘ziq ä: ning ie diftongiga aylanishi yoqut tili uchun xosdir: ba:l (5), turkm. bä:sh, uyg‘. bäsh va yoq. bies; kä:ñ (keng), uyg‘. käñ va yoq. kieñ; kä:ch (kech): uyg‘. käch, yoq. kiehe; ä:g‘ (egmoq): uyg‘. äg va yoq. iex; bä:r (bermoq): uyg‘. bär, yoq: bier; ya (emoq): uyg‘. yam, yoq. sie. ä:>i:. Bu holat turkman tilida kuzatiladi: ä:l (el): uyg‘. äl (mamlakat). turkm. i:l; bä:l (bel): uyg‘. bäl, turkm. bi:l. ä:>e. Ushbu holat, ayniqsa, ozarbayjon tilida yaqqol ko‘zga tashlanadi: be:l (5): uyg‘. bäsh va ozarb. besh; ä:l (qabila ittifoqi): uyg‘. äl (mamlakat) va ozarb. el (jamiyat, mamlakat); bä:r (bermoq): uyg‘. bär va ozarb. ver; bä:l (bel), ozarb. bel; kä:t (ketmoq), uyg‘. kät va ozarb. get. ä:>ä. Qadimgi qisqa ä saqlangan turkiy tillarda cho‘ziq ä:ning qisqargan shakli uchraydi: uyg‘. bäsh (5)<bä:sh, uyg‘. bäl (bel)<bä:l, uyg‘. käch (kech)< kä:ch, uyg‘. käñ (keng)<kä:ñ kabi.
Qisqa o ozarbayjon, turk, turkman, uyg‘ur, xakas, qozoq, no‘g‘oy, qoraqalpoq, gagauz, qorachoy-balqar, oltoy, shor va yoqut tillarida saqlangan: oq (o‘q): shor., q.balq., olt., qoz.. oq yoq. ox, turkm. ok, (o‘q, nayza); ot (o‘t: mol o‘ti): q.tur., yoq., turkm., qum., uyg‘., tur., olt., qoz., q.qalp., ozarb., no‘g‘. ot, orta (o‘rtasi): yoq., q.tur., uyg‘. orta (o‘rtacha), tur., ozarb., qar., no‘g‘., qum., q.balq., o‘zb. o‘rta; xak. ortї, olt. ort,