Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti


a:>a. Bobotil turkiy cho‘ziq a



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə24/195
tarix27.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#149418
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   195
O‘zbek tilshunosligi

a:>a. Bobotil turkiy cho‘ziq a:ning qisqarish jarayoni keng tarqalib, ko‘pchilik turkiy tillarni qamrab olgan edi: ta:sh (tosh) va tur. tash: olt., qum.,q-balq., uyg‘. tash; no‘g‘., qoz., q.qalp., xak. tas, kar. tash//tas, ozarb. dash va hokazo; ta:r (tor) va tur. dar: ozarb. dar, tuv., qar., xak.., qirg‘., qum., qoz., olt.,q.balq. tar, gag. dar; qa:r (qor) va ozarb. gar: tur. kar, qirg‘., olt., qum. qar, uyg‘. qa(r).
Cho‘ziq a:ning qisqarishga uchrashi ko‘pchilik turkiy tillarda boshqa cho‘ziq unlilarda bo‘lgani kabi, talaffuzda fiziologik sarflanishni kamaytirishga intilishi bilan izohlanadi. Cho‘ziq a: birinchi bo‘g‘inda, shuningdek, affikslarda bo‘lgan. Ammo bunga aniq javob berish ancha qiyin.
Qisqa ä so‘z boshida ozarbayjon, yangi uyg‘ur va tofalar tillarida saqlangan. O‘rxun yodnomalarida va qadimgi uyg‘ur tilida uchraydi: käl (kelmoq): o‘rx.en., q.uyg‘. käl, ozarb. gäl; käs (kesmoq), q.uyg‘., ozarb., uyg‘. käs; tän (teng): q.uyg‘., uyg‘., ozarb. tän; täg (tegmoq): q.uyg‘. täg, ozarb. däg; sän (sen): o‘rx.-en., q.uyg‘.,ozarb. sän; tär (ter): o‘rx..en., ozarb., uyg‘. tär; säkiz (8): o‘rx.en., esk.uyg‘., uyg‘. säkiz, ozarb. säkkiz; äm (emmoq): ozarb., uyg‘. äm; ät (go‘sht): ozarb., uyg‘. ät(gavda).
Qisqa ä ko‘pchilik turkiy tillarda turg‘un bo‘lmay, boshqa unlilarga o‘tgan. O‘zgarish ikki yo‘nalishda sodir bo‘lgan. Avvalo, u yarim qisqa (tor) ega aylangan. Shunday paydo bo‘lgan e yanada torayib, ayrim turkiy tillarda ä>iga aylangan. Bu o‘zgarish talaffuzdagi qiyinchilik, vokalizm tizimidagi siljishlar sababli sodir bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin.
ä>a. Bu o‘zgarish chuvash tili uchun xarakterli: täñ: (teng): ozarb. tän, uyg‘. täng, chuv. tan; käs (kesmoq): ozarb., uyg‘. käs, chuv. kas; tär (ter): ozarb., uyg‘. tär, chuv. tar; säp (sepmoq): ozarb., uyg‘. säp, chuv. sap.
Ushbu almashinish qisqarishga uchragan cho‘ziq ä:ni ham o‘z ichiga olgan.

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin