Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti


Qayerdan? ma’nosidagi olmosh-ravishining vujudga kelishi ancha ravshan-dir. U qay-



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə93/195
tarix27.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#149418
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   195
O‘zbek tilshunosligi

Qayerdan? ma’nosidagi olmosh-ravishining vujudga kelishi ancha ravshan-dir. U qay- olmosh o‘zagi chiqish kelishigi qo‘shimchasi (-dan)ning birikuvidan hosil bo‘ladi: qoz., q.qalp., qirg‘., qum., no‘g‘. qaydan, tat. qaoydan kabi.
Ozarbayjon tilida chiqish kelishigi qo‘shimchasi qadimgi yo‘nalish kelishigi formasiga birikkan: ha-ra-dan? (qayerdan?). Bunday holat, nä- olmosh o‘zakli forma turk va turkman tillarida kuzatiladi: tur. ne-re-den, turkm. ni-re-den.
4.5. Egalik olmoshlari. Ko‘pchilik turkiyshunoslar turkiy tillarda mustaqil leksik-grammatik guruh sifatida egalik olmoshlarining mavjud emasligini ta’kidlab, bunday olmoshlarga aloqadorlarini, aslida, olmoshlarning qaratqich kelishikdagi formalari, deb hisoblaydilar: turkm. meniñ, seniñ, biziñ (bizning), siziñ (sizning), onuñ (uning), olarїñ (ularning), qum. meni, seni, biziñ, siziñ, onu (uning), olani (ularning), o‘zb. mening, sening, bizning, sizning, uning, ularning kabi.
Ba’zan kishilik olmoshlari qaratqich kelishigi o‘rnida egalik affikslarini qabul qiladi: tat. minim (mening), tur. benim (mening), bizim (bizning), ozarb. mänim (mening), bizim (bizning) kabi. Bu hali turkiy tillarda qaratqich kelishigi mavjud bo‘lmagan davrning qoldiqlari bo‘lishi ham mumkin. Shu sababli tat. minim (mening) va tur. bizim tipidagi formalarni qaratqich kelishigi shakli, deb bo‘lmaydi.
Turkiy tillardagi egalik olmoshlari boshqa usullar bilan hosil qilinishi mumkin. Buning uchun, ko‘pincha, -nїqї//-niki affiksi qo‘llaniladi: tat. miniki (meniki), siniki (seniki), qirg‘. meniki, bizdiki (bizniki), anїqї (uniki), qum. meniki, seniki, onuki (uniki), o‘zb. meniki, seniki, uniki, bizniki, sizniki, turkm. meniñki, seniñki, onuñqї (uniki), ozarb. manimki (meniki), bizimi (bizniki) va hokazo.
Nisbiylik affiksi -qї//-ki, qaratqich kelishigi formalariga qo‘shiladi, deb taxmin qilinadi. Haqiqatan ham, turkman tilidagi meniñki (meniki), onuñqї (uniki) misollarida ularga qaratqich kelishigi qo‘shimchasi qo‘shilgan. Tatar tilidagi miniki (meniki), siniki (seniki) yoki qirg‘iz tilidagi meniki, seniki kabi misollarga keladigan bo‘lsak, bularda ñ tushib qolgan, deb faraz qilish mumkin: siniki< siniñki (seniki).
Nisbiylik qo‘shimchasi -qї//-kining qaratqich kelishigining qadimgi varianti -їq//-ik bilan aloqador bo‘lishi mumkin. Ozarbayjon tilining aymur shevasida egalik olmoshlarining onuq (uning), bizik (bizning), sizik (sizning) kabi shakllari uchraydi.

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin