-sї//-si, -ї//-i yuklamalarining ham olmoshlat tarkibida qo‘llanish holatlariga duch kelinadi: gag. kimi, kimisi (kimdir), biri, birisi (kimdir, ulardan biri), shunigdek, bir soni: tuv. kїm-bir (kimdir), qandїg‘-bir (qandaydir), qirg‘. bir nerse (nimadir), no‘g‘. bir kim (kimdir), bir zat (bir narsa), q.qalp. bir kim (kimdir), bir qashan (qachondir).
4.9. Inkor olmoshlari. Turkiy bobotilda inkor olmoshi mavjud bo‘lmagan. Inkor olmoshi vazifasini inkor ma’nosidagi fe’l bajargan. Inkorning bunday ifodalanishi turkiy tillarda hozir ham saqlangan: tat. Bir närsä dä bilmim. (Bir narsa ham bilmayman). Bu yerda fe’lning inkor shakli, inkor olmoshi bilan muvofiq kelyapti.
Keyinchalik, ko‘pchilik turkiy tillar fors tilidagi inkor olmoshi ma’nosini ifodalaydigan hech so‘zini o‘zlashtiradi: o‘zb. hech bir, hech kim, ozarb. hech kim, hech nä (hech nima), tat. hishkim (hech kim), hishnishik (hech qanday), no‘g‘. hish kim (hech kim), qoz. ishkim (hech kim), ish narse (hech narsa), ishqanday (hech qanday), q.qalp. hesh qaysь (hech qaysi), hesh qayda (hech qayda), qirg‘. ech kim (hech kim), ech nerse (hech narsa), ech qachaфn (hech qachon), uyg‘. hech kim (hech kim), hech qachфn (hech qachon) va hokazo.
Demak, turkiy tillarda olmoshlar rang-barang bo‘lib, ularning turlari hozirgi o‘zbek tilidagi olmoshlardan ancha farq qiladi.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Turkiy tillardagi so‘z turkumlarining umumiy xususiyatlarini gapirib bering.
2. Son kategoriyasi xususiyatlari.
3. Ko‘plikni hosil qiluvchi vositalar.
4. Egalik kategoriyasining xususiyatlari.
5. Egalik affikslari.
6. So‘zlarning egalik qo‘shimchalari bilan turlanishi.
7. Turkiy tillarda kelishik haqidagi fikrlar.
8. Makon kelishigi.
9. Turkiy tillarda olmoshlar va ularning turlarini gapirib bering.
10. Olmoshlarning turlanishi.
Dostları ilə paylaş: |