Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti


Umumlashtiruvchi-ayiruvchi olmmoshlar



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə95/195
tarix27.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#149418
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   195
O‘zbek tilshunosligi

4.7.2. Umumlashtiruvchi-ayiruvchi olmmoshlar. Shor tilida umumlashti-ruvchi-ayiruvchi rolini unga mazmunan to‘g‘ri keladigan “har bir” ma’nosidagi sa:yї ko‘makchisi bajaradi. Qadimgi turkiy yozma yodgorliklarda u ko‘p uchraydi. Hozirda yoqut tilida bu olmosh a:yї shaklida saqlangan: küna:yї (har kuni). Boshqa turkiy tillarda ham qo‘llaniladi: tat kёn saoyьn (har kuni), no‘g‘. yьl sayьn (har yili). Sayї(sayїn) ko‘makchisi sa: (hisoblamoq) fe’li o‘zagiga mansubdir.
Keyinchalik, ko‘pchilik turkiy tillarda sa:yї (sa:yїn) tojik tilidan o‘zlashgan hech (har bir) olmoshi bilan almashtirildi. Ushbu olmosh uncha ko‘p ishlatilmaydi. Sa:yї (sa:yїn), odatda, bir soni bilan birgalikda qo‘llanilmaydi: turkm., gag. hech bir (har bir), tat., q.qalp. här bir, qum., qr.tat. här bir, q.balq. hach bir, no‘g‘., qoz. är bir, o‘zb. har bir. Ozarbayjon tilidagi här käs va uyg‘ur tilidagi här kim ham xuddi shu ma’noda ishlatiladi.
4.8. Noaniq olmoshlar. Turkiy tillarda noaniqlik, gumon ma’nolarini ifo-dalash uchun maxsus affikslar yoki yuklamalar qo‘llaniladi: -dїr//-dir: o‘zb. kimdir, nimadir, qirg‘. kimdir, qachandїr, tat. kimdir, qaoydadьr, qr.tat. kimdir, nedir, boshq. kimz‘ir kabi.
-dїr//-dir affiksi ehtimollik-modal ma’nosida fe’l turkumida ham qo‘l-laniladi.
No‘g‘oy tilida noaniqlik ma’nosini -dь//-di affiksi beradi: kim-di, ne-di, qayday-dь (qandaydir). Bu -dїr//-dir affiksidagi -rning tushib qolishidan yuzaga kelgan.
Yoqut tilida olmoshlardagi noaniqlik ma’nosi eme, ere, dag‘an ї(da) yuklamalari orqali hosil qilinadi: kim eme (kimdir), tuox er (nimadir), xannїk ere (qandaydir) singari.
Ba’zan turkiy tillarda isä yuklamasi va uning variantlari ishlatiladi: ozarb. ni isä (nimadir), kim isä (kimdir), turkm. kimse (kimdir)<kim ise, qar. kimes (kimdir)<kim yesa, gag. kimsa, kimsä (kimdir). Isä yuklamasi e, -är- (bo‘lmoq) fe’lining shart maylining shakli hisoblanadi.

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin