Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti


Kad o‘zagi yoqut tilida kätäx



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə157/195
tarix27.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#149418
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   195
O‘zbek tilshunosligi

Kad o‘zagi yoqut tilida kätäx (orqa) uchraydi. Bu yerda tungus-manchjur forma keltiriladi. -d formanti lokativ (o‘rin) ma’nosiga ega bo‘lishi ham mumkin. (aldїn va kedin). Ke//-ki o‘zagi ken va keridan tashqari (orqa<kedergi) chuvash tilida saqlangan: kay (orqa tomon, g‘arb). O‘rxun yodnomalarida sharq old tomonni, g‘arb orqa tomonni anglatgan. Ba’zan kedin bilan yoqut tilidagi kalїn (orqa tomon, g‘arb) katin so‘ziga taqaladigan leksema bilan yaqinligini ta’kidlaydilar.
Boshqa ko‘makchisi umumturkiy hisoblanadi: turkm., ozarb., qum. bashg‘a, qirg‘., qr.tat., gag., tat., uyg‘., olt. bashqa, o‘zb. boshqa, shor. pashqa. Qadimgi turkiy lug‘atda bu so‘z qayd etilmagan. Bu chig‘atoy tili yodgorliklarida uchraydi. Odatda, boshqa so‘zini bosh (odam boshi) so‘ziga, -qani esa jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasiga taqaydilar. Buni chuvash tili misolida ko‘rish mumkin: pas‘pe
(uning boshi+pe). Ammo bashqa so‘zining bunday talqini aniq javob bo‘lolmaydi, sababi -qa affiksi janubiy tillarda basha tarzida bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri, bashqa analogiya bo‘yicha öñge va özge (boshqa) tarzida hosil bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Öñge ko‘makchisi (tashqari) guruhlararo hisoblanadi (turm.(dial.). - önñö//önñe, qum. öñe, boshq.(dial.).üñe va öñde (boshqa), q.balq. öñe (boshqa), öñe//öñö (boshqa), tat.(dial). üña (boshqacha), qar.,tat. öndä, öñä (boshqa), kr.q. oñ‘a, oñ‘a, öñde (boshqa), kr.q. ende//eñi (boshqa), no‘g‘. öñge (u ham), qoz. öñge (boshqa). Bu asosga (o‘ng) qadimturkiy öñin (boshqacha)<öñ–boshqacha bo‘lmoq) va öñi (u ham) to‘g‘ri keladi.
Öñgeni<öñ (fe’l o‘zagi–o‘zgarmoq va -ge tarzida talqin qilinishi mumkin. Bu M. Koshg‘ariyda ancha tor ma’noda (rangini yo‘qotmoq, oqarmoq) uchratish mumkin.

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin