L‘>sh: kümül (kumush): q.tur., qirg‘., olt., turkm. kümüsh, tur., ozarb. gümüsh, tat. kёmish; qï:l(qish): q.tur., qirg‘., olt., q.balq. qïsh, tat., boshq., qum. qьsh, ozarb., turkm., qar. gïsh.
L‘>l holati faqat chuvash tilida va kamalik bulg‘orlar tilida uchraydi: äl‘ik (eshik): chuv. alьk; yumïl (yumush): chuv. sъmъl (ish, yumish); bä:l (5): k.bulg‘. belem.
Turkiy bobotilda so‘z boshida m tovushi juda kam ishlatilgan. So‘z o‘rtasidagi undoshlar oldidan asl turkiy so‘zlarda m juda oz qo‘llanilgan.
Intervokal holatda, oz bo‘lsa-da, ushbu tovush ishlatilgan: tamïr (tomir): qoz., olt. tamьr, tat, taomьr, xak. tamïr; tuman (tuman, g‘ira-shira tuman): tat., qoz. tьman, no‘g‘., qum. tuman.
So‘z oxirida m qo‘llaniladi: kim (kim): tat., qoz. kim, qum., q.balq., yoq. kim, olt. kem.
Affikslarda esa m tovushi saqlangan: atïm (otim, ismim): tur., atïm, qoz., q.qalp., uyg‘. atьm, tat. aotьm.
Turkiy tillarda m ikkilamchi bo‘lishi ham mumkin: tat., tur. yazma (yozma) ~qoz. jazba; turkm. alma (olmoq), chuv. s‘ïrma (jarlik), o‘zb. botma (botish)~ qoz. kespe (ugra). Affikslardagi m holati mavjud: tat. kimä (kema), qoz. kema~shor. käbä, ozarb. kimi (kabi), esk. o‘zb. kibi.
Chuvash tilida so‘z oxirida m>n: vъrъm (uzun)tidim, sъm< yun.
Turkiy bobotilda so‘z boshida n juda ham kam qo‘llanilgan. Intervokal holatda ancha turg‘un hisoblanadi: ana (ona): q.turk., tur., ozarb., qar., qr.tat., nug‘., qoz., ana, tat. aona.
Bu tovush so‘z o‘rtasida undoshlar birikmasida uncha turg‘un emas.
So‘z oxirida esa ancha turg‘un: yan (yon): q.tur., ozarb., tur., qum., gag., turkm., qar., yan, q.qalp, qoz., qirg‘. jan; olt. dan, xak. chan.
Dostları ilə paylaş: |