Aldegid va ketonlar (oksobirikmalar)


Polimerlanish reaksiyalari



Yüklə 319 Kb.
səhifə4/6
tarix02.01.2022
ölçüsü319 Kb.
#41716
1   2   3   4   5   6
Aldegid va ketonlar (oksobirikmalar)

Polimerlanish reaksiyalari. Bunday reaksiyalar faqat aldegidlar uchun xarakterlidir. aldegidlar polimerlanib, tsiklik va chiziqsimon tuzilishli polimerlarni hosil qiladi. Masalan, chumoli aldegid suyultirilgan kislotalar ta`sirida trimerlanib, trioksimetilenni hosil qiladi:

Quruq gazsimon chumoli aldegid ayrim katalizatorlar ishtirokida polimerlanib, yuqori molekulyar poliforaldegidga aylanadi:



Poliformaldegid qattiq modda bo`lib, oddiy sharoitda hech bir erituvchida erimaydi. Sintetik tolalar va turli buyumlar (trubalar, mashina detallari) ni tayyorlashda ishlatiladi. Aldegid va ketonlarning ayrim vakillari. Chumoli aldegid oddiy sharoitda chazsimon modda bo`lib, o`ziga xos hidga ega, suvda yaxshi eriydi. Sanoatda formaldegid metanolni 550-600°C da havo kislorodi bilan gaz fazada (Cu yoki Hg ishtirokida) oksidlash yo`li bilan olinad:



Kimyoviy xususiyatlariga ko`ra, chumoli aldegid boshqa aldegidlardan keskin farq qiladi. Masalan, kuchli ishqorlar ta`sirida boshqa aldegidlar smolaga aylanadi, chumoli aldegid esa metil spirt va chumoli kislota tuzini hosil qiladi (Kaniccaro reakciyasi):



Bunda aldegidning bir molekulasi qaytariladi, ikkinchisi esa oksidlanadi. Chumoli aldegid ammiak bilan o`ziga xos reakciyaga kirishib, murakkab birikma – urotropinga aylanadi:



Urotropinning CaCl2 bilan hosil qilgan kompleks tuzi kal tseks tibbiyotda grippga qarshi dori sifatida ishlatiladi. Formaldegidning ko`p miqdori fenolformaldegid, karbamid va boshqa sintetik smolalarni olishda ishlatiladi. Chumoli aldegidning 40 % li suvli eritmasi «formalin» deb atalib, kuchli zaharlovchi moddadir. U hasharotlarga qarshi xonalarni va har xil o`simliklar urug`ini (donni) qorakuya kasalligi sporasiga qarshi dezinfekciyalash uchun ishlatiladi.



Sirka aldegid o`ziga xos hidli 218°C da qaynaydigan rangsiz suyuqlik. Sirka aldegid sanoatda bir necha usulda olinadi. M. G. Kucherov reakciyasiga asoslanib, acetilendan HgQ2 tuzlari ishtirokida sirka aldegid olish mumkin. Hozirda sirka aldegid, asosan., etilendan ikki xil usulda olinadi:

1. Etilendan etil spirt olgandan so`ng spirtni katalizatorlar (Cu, Ag, Ni, Pt) ishtirokida degidrogenlash yo`li bilan:



2. Etilen PdCl2 katalizatori ishtirokida kislorod bilan to`g`ridan to`g`ri oksidlash natijasida ham sirka aldegid olish mumkin. Bunday samarali usul juda qisqa vaqt ichida sanoat miqyosida joriy qilindi:



Sirka aldegid texnikada sirka kislota, sirka angidrid, etil spirt va etilacetat kabi moddalarni olish uchun ko`p miqdorda ishlatiladi.



56,5°C da qaynaydigan, o`ziga xos hidli, rangsiz suyuqlik. Aceton yog`ochni quruq haydashdan hosil bo`lgan sirka kislotaning kal tsiyli tuzidan olinadi. Ilgari bu usul aceton olishda yagona hisoblanar edi. Hozirda sanoatda aceton olishning bir necha samarali usullari kashf qilingan. Masalan, acetonni to`g`ridan-to`g`ri sirka kislotaning o`zidan ham olish mumkin. Buning uchun CH3COOH bug`lari (Al2O3 yoki ThO2) katalizatorlar ustidan o`tkaziladi. Aceton sanoatda keng qo`llaniladi. Undan xloroform va yodoform olishda, lok, kislotalar, acetat ipagi ishlab chiqarishda erituvchi sifatida ko`p miqdorda foydalaniladi.


Yüklə 319 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin