Алгебра ва сонлар назарияси


O’qitishning metodlari va texnikasi



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə10/63
tarix06.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#141699
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   63
portal.guldu.uz-ALGEBRA VA SONLAR NAZARIYASI (1)

O’qitishning metodlari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid vizuallash, taqdimot, bahs) muammoviy usul, keys-stadi, pinbord, loyiha va amaliy ishlash usullari. Interfaol usullarni mavzuning mazmuniga mos holda tanlash va ulardan samarali foydalanishga o’rgatadi.
O’qitish vasitalari: o’qitishning an’anaviy vositalari (darslik, ma’ruza matni, amaliy tatbiqlar, boshqa fanlar bilan bog’liqligi va boshqalar) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiya vositalari keng ko’lamda tatbiq etiladi.
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ ikki yoqlama (teskari) aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlarning yo’lga qo’yilishi.
Teskari aloqa usullari va vositalari: ongli ravishda tushunish, blits-so’rov, joriy, oraliq va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi amalga oshiriladi. Ta’lim jarayonida kafolatlangan natijaga erishish ta’minlanadi.
Boshqarish usullari va tartibi: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik xarita ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati ham tartibli yo’lga qo’yiladi.
Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning naitijalarini reja asosida nazorat va tahlil qilib boriladi. Kurs oxirida yozma, og’zaki yoki test topshiriqlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi. Baholarning haqqoniy bo’lishiga, oshkoraligiga alohida e’tibor qaratiladi.
I modul
Modulda chiziqli fazolar, unga doir misollar, chiziqli bog’langanlik, chiziqli bog’lanmaganlik, fazoning bazisi va o’lchovi, vektorning bazisdagi koordinatalari, qism fazolar va ular ustida amallar, izomorf fazolar bayon etilgan.
Modulda 4 amaliy mashg’ulot mo’ljallangan, talabalar amaliy mashg’ulotda misol va masalalar echadi. Bunda nazariy bilimlarni; ta’riflar, teoremalar, formulalarni tatbiqlaydilar.



Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin