Algoritmning blok-sxema tarzidagi ifodasining
yana bir afzalligi undan uchinchi ko’rinishi,
ya’ni algoritmik tildagi ifodasi (dastur)ga o’tishi
ham juda oson bo’ladi.
Chunki bunda har bir blok algoritmik
tilning ma’lum bir operatori bilan almashtiriladi xolos.
Hisoblash jarayonlarining turlari va ular uchun algoritm tuzish
qoidalari.
Hisoblash jarayonlari asosan uch turga bo’linadi. Bular: chiziqli,
tarmoqlanuvchi, takrorlanuvchi (siklik) hisoblash jarayonlari.
Chiziqli hisoblash jarayonlari
da jarayonning barcha tashkil qiluvchi
bloklari berilgan tartibda beistisno bajariladi. Bunday jarayon algoritmning
blok-sxemasi asosan to’rtburchak shaklidagi bloklardan iborat bo’ladi.
Bunday jarayonning algoritmi va tabiiy blok-sxema hamda programmasini
tuzish ortiqcha qiyinchilik tug’dirmaydi.
1. Boshlanishi
Dostları ilə paylaş: