Algoritm. Algoritm haqida tushuncha



Yüklə 443,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix27.09.2023
ölçüsü443,45 Kb.
#149460
1   2   3   4
ALGORITM

Determinantlik sifati
Berilgan boshlangich qiymatlarda bir qiymatli javob olinishi;
Ommaviylik sifati
Ma’lum turdagi masalalar uchun turli boshlangich qiymatlarda yechim olish mumkin 
bo’lishi;
Diskretlilik sifati
Algoritmni EHM(Elektron Hisoblash Mashinalari) yoki inson tomonidan bajarilishi 
mumkinligi shubxasiz bo’lgan ayrim-ayrim sodda bosqichlarga bo’lish mumkinligi.
Natijaviylik sifati
Har qanday boshlangich qiymatlarda ham javobning mavjudligi, bunda «bu holda 
yechim yo’q» singari axborot ham algoritmning ishlash natijasi deb qabul qilinadi;
Keltirilgan sifatlardan kelib chiqqan xolda algoritmni ifodalash va bajarish qoidalari 
xaqida so’z yuritish mumkin. Amaliyotda algoritmni ifodalashning uchta asosiy 
usullari fodalaniladi. Bular matnli ko’rinishi, sxematik(grafik) ko’rinishi, biror 
algoritmik tildagi (dasturiy) ifodasi.


ALGORITM HAQIDA TUSHUNCHA(2)
 
 
Keltirilgan sifatlardan kelib chiqqan holda algoritmni ifodalash va bajarish 
qoidalari haqida so’z yuritish mumkin. Amaliyotda algoritmni 
ifodalashning 
uchta
asosiy usullaridan foydalaniladi. Bular matnli ko’rinishi, 
sxematik(grafik) ko’rinishi, biror algoritmik tildagi (dasturiy) ifodasi.
Algoritmning matnli ifodasiga misol sifatida qadimiy ikki sonning eng katta 
umumiy bo’luvchisini topish (Evklid) algoritmini keltirish mumkin. Masalan 
A va B sonlarining eng katta umumiy bo’luvchisi topilsin.
Algoritmi:
1) kattasidan kichigini ayiramiz,
2) agar ayirma kichik songa teng bo’lsa bu ayirma eng kichik bo’luvchi 
sifatida olinadi, aks holda ayirma va berilgan sonlarning kichigi uchun.
1) bosqichga qaytiladi, ya’ni ayirish amali toki ayirma va ayiriluvchi son teng 
bo’lguncha davom ettiriladi.
Buni bir misolda tahlil qilish mumkin. Masalan 6 va 15 sonlari uchun eng 
katta umumiy bo’luvchi topilsin.
15 – 6 = 9 va berilgan sonlardan kichigi 6 olinadi. Ular teng emas. Demak, 9 
va 6 uchun yuqoridagi jarayonni takrorlaymiz.
9 – 6 = 3 va 6 soni teng emas. 3 va 6 uchun takrorlasak. 6 – 3 = 3 va 3 teng. 
Demak, eng katta umumiy bo’luvchi 3 ga teng ekan.


Algoritm
ning matnli ifodasi murakkab jarayonlar uchun hajman katta bo’lib, 
yetarli darajada ko’rgazmali bo’la olmaydi. Shuning uchun algoritmning 
matnli ko’rinishidan dastlabki bosqichda masalani ishlashning asosiy 
bo’g’inlarini ifodalashda foydalaniladi. Masalaning algoritmini va kompakt 
(ixcham) ko’rinishda ifodalash uchun sxematik usuldan foydalaniladi.
 

Bu usul 
grafiklar


 deyilib, bunda algoritm o’zaro bog’langan funksional 
bloklar tarzida ifodalanadi. Har bir funksional 
blok
 ma’lum bir amal, yoki 
amallar ketma-ketligini bajarishni o’z ichiga oladi. Funksional bloklarning 
mazmuniga ko’ra shaklini va ularning o’zaro bog’lanishini ifodalashda davlat 
standartiga ko’ra qabul qilingan qoidalarga rioya qilinadi.
 

Odatda axborot yo’nalishiga mos kelayotgan bog’lanish yo’nalishi, 


yuqoridan pastga, strelka bilan ifodalanmasligi mumkin. Boshqa barcha 
hollarda bog’lanish yo’nalishi strelka (ko’rsatgich) bilan ko’rsatib qo’yiladi. 
Qulaylik uchun algoritm bloklari tartibli tarzda nomerlanishi kerak.

Yüklə 443,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin