ALGORITM HAQIDA TUSHUNCHA(2)
Keltirilgan sifatlardan kelib chiqqan holda algoritmni
ifodalash va bajarish
qoidalari haqida so’z yuritish mumkin. Amaliyotda algoritmni
ifodalashning
uchta
asosiy usullaridan foydalaniladi. Bular matnli ko’rinishi,
sxematik(grafik) ko’rinishi, biror algoritmik tildagi (dasturiy) ifodasi.
Algoritmning matnli ifodasiga misol sifatida qadimiy ikki
sonning eng katta
umumiy bo’luvchisini topish (Evklid) algoritmini keltirish mumkin. Masalan
A va B sonlarining eng katta umumiy bo’luvchisi topilsin.
Algoritmi:
1) kattasidan kichigini ayiramiz,
2) agar ayirma kichik songa teng bo’lsa bu ayirma eng kichik bo’luvchi
sifatida olinadi, aks holda ayirma va berilgan sonlarning kichigi uchun.
1) bosqichga qaytiladi, ya’ni ayirish amali toki ayirma va
ayiriluvchi son teng
bo’lguncha davom ettiriladi.
Buni bir misolda tahlil qilish mumkin. Masalan 6 va 15 sonlari uchun eng
katta umumiy bo’luvchi topilsin.
15 – 6 = 9 va berilgan sonlardan kichigi 6 olinadi. Ular teng emas. Demak, 9
va 6 uchun yuqoridagi jarayonni takrorlaymiz.
9 – 6 = 3 va 6 soni teng emas. 3 va 6 uchun takrorlasak. 6 – 3 = 3 va 3 teng.
Demak, eng katta umumiy bo’luvchi 3 ga teng ekan.
Algoritm
ning matnli ifodasi murakkab jarayonlar uchun hajman katta bo’lib,
yetarli darajada ko’rgazmali bo’la olmaydi.
Shuning uchun algoritmning
matnli ko’rinishidan dastlabki bosqichda masalani ishlashning asosiy
bo’g’inlarini ifodalashda foydalaniladi. Masalaning
algoritmini va kompakt
(ixcham) ko’rinishda ifodalash uchun sxematik usuldan foydalaniladi.
Bu usul
grafiklar
deyilib, bunda algoritm o’zaro bog’langan funksional
bloklar tarzida ifodalanadi.
Har bir funksional
blok
ma’lum bir amal, yoki
amallar ketma-ketligini bajarishni o’z ichiga oladi. Funksional bloklarning
mazmuniga ko’ra shaklini va ularning o’zaro bog’lanishini
ifodalashda davlat
standartiga ko’ra qabul qilingan qoidalarga rioya qilinadi.
Odatda axborot yo’nalishiga mos kelayotgan bog’lanish yo’nalishi,
yuqoridan pastga, strelka bilan ifodalanmasligi mumkin. Boshqa barcha
hollarda bog’lanish yo’nalishi strelka (ko’rsatgich) bilan ko’rsatib qo’yiladi.
Qulaylik uchun algoritm bloklari tartibli tarzda nomerlanishi kerak.
Dostları ilə paylaş: