o‘zgartirib bersangiz ham ularning umumiy mahrajlarini aniqlab beraveradi.
Yoki uchburchakning yuzini topish algoritmi, uchburchakning qanday
bo‘lishidan qat’iy nazar, uning yuzini hisoblab beraveradi.
Natijaviylik. Har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan so‘ng
albatta natija berishi shart. Bajariladigan amallar ko‘p bo‘lsa ham baribir
natijaga olib kelishi kerak. Chekli qadamdan so‘ng qo‘yilgan masala
yechimga ega emasligini aniqlash ham natija hisoblanadi. Agar ko‘rilayotgan
jarayon cheksiz davom etib natija bermasa, uni algoritm deb atay olmaymiz.
Dostları ilə paylaş: