1-misol. Choy damlash algoritmi.
1) choynak qaynagan suv bilan chayilsin;
2) bir choy qoshiq miqdoridagi quruq choy choynakka solinsin;
3) choynakka qaynagan suv quyilsin;
4) choynakning qopqoQi yopilsin;
5) choynak ustiga sochiq yopib uch daqiqa tindirilsin.
Har kuni bir necha martadan bajaradigan bu ishimiz ham algoritmga misol bo`la oladi.
Algoritmni bajarishda ko`rsatmalarni berilgan ketma-ketlikda bajarish muhim ahamiyatga ega ekanligi, 2-o`rindagi ko`rsatma bilan 3-sini yoki birinchi bilan 4-o`rindagi ko`rsatmalarning o`rnini almashtirish bilan oldimizga qo`yilgan maqsadga erishmasligimiz yaqqol ko`rinib turibdi. Bundan tashqari har bir ko`rsatmaning mazmuni algoritmni bajarayotgan kishi-ijrochi uchun aniq va ravshan bo`lishi kerak.
2-misol. y=a(b+cx)-dx formula bo`yicha y ning qiymatini hisoblash algoritmi.
1) s ni x ga ko`paytirib, natija R1 bilan belgilansin;
2) b ni R1 ga qo`shib, natija R2 bilan belgilansin;
3) a ni R2 ga ko`paytirib, natija R3 bilan belgilansin;
4) d ni x ga ko`paytirib, natija R4 bilan belgilansin;
5) R3 dan R4 ni ayirib, natija y ning qiymati deb hisoblansin.
Bu ko`rsatmalar ketma-ketligi berilgan formula bo`yicha tuzilgan. Bu algoritmni oddiy arifmetik amallarni bajarishni bilgan ijrochi, qanday formulaning qiymati hisoblanayotganini bilmasa ham, to`g`ri natija olishi mumkin. Sababi, formuladagi ifodaning qiymatini hisoblash faqatgina oddiy arifmetik amallarni bandma-band tartib bilan bajarishga olib kelindi.
3-misol. “Svetofor” dan foydalanish algoritmi.
1) svetofor chirog`iga qaralsin;
2) qizil chiroq yongan bo`lsa, to`xtalsin;
3) sariq chiroq yongan bo`lsa, yurishga yoki to`xtashga tayyorlansin;
4) yashil chiroq yongan bo`lsa, yurilsin.
4-misol. Koptok v0 = 29,5 m/c tezlik bilan tepaga tik tepilgan. U qancha balandlik (h) ga ko`tariladi. Harakat qonuni h=v0t-gt2/2 formula bilan ifodalaniladi, bu yerda t-ko`tarilish vaqti: t=, g=9,8m/c-erkin tushish tezlanishi. Bu misolni quyidagi algoritm asosida yechish mumkin.
1) EHM xotirasiga Vo va g o`zgaruvchilarning sonli qiymatlari kiritilsin;
2) t ning qiymati t=Vo/g formula bilan hisoblansin;
3) h ning qiymati h=Vot-gt2/2 formula bilan hisoblansin;
4) t va h o`zgaruvchilarning sonli qiymatlari ekranga yoki qog`ozga chiqarilsin;
5) hisoblash to`xtatilsin.
Masalaning qo`yilishida koptok 29,5 m/sek bilan tepilsa, degan shart bor edi. Ya'ni, Vo=29,5 va g =9,81 bo`lsa, t va h qancha bo`ladi?