Listing 8.2. Ikki o‘lchovli massiv bilan ishlash
8.4. Pog‘onasimon massivlar Pog‘onasimon massivlarda har bir qatordagi elementlar soni bir-biridan farq qilishi mumkin. Pog‘anasimon massivlar xotirada to‘rtburchak ko‘rinishdagi massivlardan farqli ravishda saqlanadi, ya’ni massivning yana har bir massiv elementi uchun alohida joy ajratiladi. Bundan tashqari xotiradan har bir ichki massiv elementlariga ishoratni saqlovchi alohida joy ajratiladi.
Pog‘anasimon massivlarning har bir elementi uchun uni e’lon qilishda ham alohida o‘lcham beriladi.Masalan:
int[][] nums = new int[3][]; nums[0] = new int[2]; nums[1] = new int[3]; nums[2] = new int[5]; 8.5.System.Array bazaviy sinfi C# da barcha massivlar uchun System nomlar makonining Array sinfi mavjud bo‘lib, unda massivlar bilan ishlash uchun bir qancha qulay bo‘lgan uslublar mavjud. Quyidagi jadvalda Array sinfining asosiy xususiyat va uslublari keltirilgan
8.1.- jadval.
Array sinfining ba’zi metodlari va uslublari
Element
Ko‘rinishi
Tavsifi
Length
Xususiyat
Massivning elementlar soni
Clear
Statik uslub
Massiv elementlarini e’lon qilingandagi boshlang‘ich holatga qaytarish
Copy
Statik uslub
Bir massivning ko‘rsatilgan diapazonidagi elementlaridan boshqa massivga nusxa olish
GetValue
uslub
Ko‘rsatilgan massiv elementi qiymatini olish
Reverse
Statik uslub
Bir o‘lchamli massiv elementlarini teskari(reversiv) joylshtiradi
Sort
Statik uslub
Bir o‘lchamli massiv elementlarini kamayish tartibida joylashtiradi