Algoritmik tillar va dasturlash. Ma’ruza mashg’ulotlari uchun o’quv qo’llanma. X. E. Xolmirzayev, M. N. Ikromova, M. M. Bahromova Annotatsiya



Yüklə 2,87 Mb.
səhifə39/56
tarix19.12.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#184841
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   56
O`quv qo`llanma11 (2)

Matnni bo‘sh yoki bo‘sh emasligini tekshirish uchun String sinfining IsNullOrEmpty() uslubidan foydalaniladi.
Agar qator bo‘sh bo‘lsa yoki null qiymatli yoki bo‘sh bo‘lsa, funksiya qiymati true, aks holda false ga teng bo‘ladi.
static void Main(string[] args) {
string s1 = null, s2 = "", s3 = "Hello";
String.IsNullOrEmpty(s1); // true
String.IsNullOrEmpty(s2); // true
String.IsNullOrEmpty(s3); // false
}
IsNullOrWhiteSpace() uslubi ham xuddi IsNullOrEmpty() uslubi kabi ishlaydi. Farqi: IsNullOrWhiteSpace() funksiyasi matn faqat null qiymatli yoki probel(“ ”), tabulyatsiya ("\t")dan tashkil topgan bo‘lsa, funksiya qiymati true, aks holda false ga teng bo‘ladi.
static void Main(string[] args) {
string s1 = null, s2 = "\t", s3 = " ", s4 = "Hello";
String.IsNullOrWhiteSpace(s1); // true
String.IsNullOrWhiteSpace(s2); // true
String.IsNullOrWhiteSpace(s3); // true
String.IsNullOrWhiteSpace(s4); // false
}
Ikki matnni o‘zaro solishtirish uchun String sinfining Compare() uslubidan foydalaniladi. Bunda matnlarning o‘zaro farqi(katta yoki kichikligi) matndagi belgilarning alfavitda joylashgan o‘rniga qarab belgilanadi. Masalan “a” matn “b” matndan kichik, “bb” matn “b” matndan katta va sh.k. Agar solishtirish uchun qo‘yilgan ikki matnni birinchisi ikkinchisidan:
- kichik bo‘lsa, funksiya qiymati “-1” ga,
- o‘zaro teng bo‘lsa, funksiya qiymati “0” ga,
- katta bo‘lsa, funksiya qiymati “1” ga teng bo‘ladi.
static void Main(string[] args) {
String.Compare("a", "b"); // -1
String.Compare("a", "a"); // 0
String.Compare("b", "a"); // 1
String.Compare("ab", "abc"); // -1
String.Compare("Romania", "Russia"); // -1
String.Compare("Rwanda", "Russia"); // 1
String.Compare("Rwanda", "Romania"); // 1
}
Agar solishtirilayotgan matndagi harflarning katta kichikligini hisobga olmaslik lozim bo‘lsa, funksiyada 3 chi argument sifatida “true” – xizmachi so‘zi ishlatiladi.
Masalan:
String.Compare("ab", "Ab"); // qiymat -1 teng
String.Compare("ab", "Ab", true); // qiymat 0 teng

Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin