Listing 9.1. System.Char sinfi uslublaridan foydalanish
Dasturlashda aksariyat xollarda belgilardan tashkil topgan, ya’ni belgili tipdagi massivlardan ham foydalaniladi. Belgi tipdagi massivlar boshqa massivlar kabi Array bazaviy sinfi asosida yaratiladi. 9.2-listingda belgili tipdagi maasivdan foydlanishga misol keltirilgan.
using System; namespace ConsoleApplication1 { class Class1 { static void Main() { char[] a = { 'm', 'a', 's', 's', 'i', 'v' }; // 1 char[] b = "Abdulxamid va Akbar".ToCharArray(); // 2 PrintArray( "a massiv:", a ); //a massivni chop qilish funksiyasiga murojaat int pos = Array.IndexOf( a, 'm' );// a massivdan m belgisini qidirish a[pos] = 'M'; //topilgan elementni katta M belgisiga almashtirish PrintArray( " a massivning o‘zgargan holati:", a ); PrintArray( "b massiv:", b ); //b massivni chop qilish Array.Reverse( b ); //b massivni revers xolatga o‘tkazish PrintArray( "b massivning o‘zgargan holati:", b ); } // massivni chop qilish funksiyasini yaratib olamiz public static void PrintArray( string header, Array a ) { Console.WriteLine( header ); foreach ( object x in a ) Console.Write( x ); Console.WriteLine( "\n" ); } } } Listing 9.2. Belgili tipdagi massivlardan foydalanish
Dastur natijasi:
a massiv: massiv a massivning o‘zgargan holati: Massiv b massiv: Abdulxamid Akbarni avtomobilda ko‘rdi b massivning o‘zgargan holati: dimaxludbA av rabkA
Boshqaruv belgisi hisoblangan ayrim belgilarni chop qilish uchun ulardan oldin teskari bo‘lish(\) belgisidan foydalaniladi. Masalan:
"\" belgisi xizmatchi belgi bo‘lib, qatorda ushbu belgini ifodalash uchun 2 marta (ya’ni \\) belgisi qo‘yish kerak.
"\t" – boshqaruv belgisi tabulyatsiyani bildiradi. Ushbu belgidan avval turgan va keyingi turgan matn orasiga 1 ta tabulyatsiya qo‘shiladi.
"\r"-matnni keyingi satrga o‘tkazish.
"\"" – ikkitali qo‘shtirnoqni matnda ifodalash.