Algoritmik tillar va dasturlash. Ma’ruza mashg’ulotlari uchun o’quv qo’llanma. X. E. Xolmirzayev, M. N. Ikromova, M. M. Bahromova Annotatsiya



Yüklə 2,87 Mb.
səhifə45/56
tarix19.12.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#184841
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   56
O`quv qo`llanma11 (2)

Tayanch so’z va iboralar: Metod tushunchasi, Metod yaratish usullari, return operatori, murojaat modifikatorlari
10.1. Metod va protsedura tushunchalari
Dasturlashda shunday xolatlarga duch kelinadiki, qandaydir dastur qismini dasturda bir necha marta ishlatishga to‘g‘ri keladi. Bunday xolatlarda dasturning sodda va ixcham ko‘rinishga keltirish uchun ko‘p foydalaniluvchi dasturiy kodni alohida dastur qilib, ya’ni protsedura yoki Metod ko‘rinishidagi qism dastur sifatida ifodalab olinadi. So‘ngra lozim bo‘lganda shu qism dasturga murojaat qilib kerakli natijaga erishiladi.
Protsedura-bu ma’lum vazifani bajarishga mo‘ljallangan qism dasturdir. Protseduraga asosiy dastur tanasidan murojaat qilish mumkin. Agar protsedura unga taqdim qilinuvchi o‘zgaruvchilar asosida qandaydir vazifani bajarishga mo‘ljallangan bo‘lsa bunday protseduralar parametrli protseduralar deb ataladi.
Metod – protseduraga o‘xshash qism dastur. Farqi, Metod uning tanasidagi qism dastur bajarilgandan so‘ng muayyan bir qiymatni qaytarishga mo‘ljallanganligi va Metodni u qiymat qaytarganligi sababli ifodalar tarkibida qo‘llash mumkinligidir.
C# da method, procedure, function kabi kalit so‘zlar yo‘q. C# da har qanday protsedurani Metod ko‘rinishida yozish mumkin, shuning uchun protsedura tushunchasi chiqarib tashlangan. Faqat, agar Metod qiymat qaytarmasligi va xuddi protsedura kabi vazifa bajarishi lozim bo‘lsa, u holda Metodni e’lon qilishda void xizmatchi so‘zidan foydalaniladi.
10.2. C# da Metodlar yaratish
C# da Metodni e’lon qilinishi sintaksisi quyidagicha:
[modifikator][static] [void] <([argumentlar])>
{
// Metod tanasi
}

bu yerda :


modifikator – Metodning foydalanish mumkin bo‘lgan ta’sir doirasini belgilab public, private, protected, internal kalit so‘zlari bo‘lishi mumkin. Bu to‘g‘rida keyinroq to‘xtalamiz;
Modifikator va Metod nomi orasida static kalit so‘zi bo‘lishi mumkin. Ushbu kalit so‘z Metodning statik ekanligini bildiradi. Statik Metodlar u joylashgan sinf yuklanishi bilan avtomatik tarzda xotiraga yuklanadi doimiy tarzda xotirada joylashib o‘tiradi;

Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin