Algoritmik tillar va dasturlash. Ma’ruza mashg’ulotlari uchun o’quv qo’llanma. X. E. Xolmirzayev, M. N. Ikromova, M. M. Bahromova Annotatsiya


Matnning biror pozitsiyasiga boshqa bir matnni qo‘shish



Yüklə 2,87 Mb.
səhifə41/56
tarix19.12.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#184841
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56
O`quv qo`llanma11 (2)

Matnning biror pozitsiyasiga boshqa bir matnni qo‘shish uchun Insert() uslubidan foydalaniladi.
static void Main(string[] args){
string s = "Hello World";
Console.WriteLine(s.Insert(5,",")); //5 pozitsiyaga “,” qo‘shiladi, ya’ni "Hello, World";
Console.ReadLine();
}
Matnning biror pozitsiyasidan boshlab qolganlarini o‘chirish uchun Remove() uslubidan foydalaniladi.
static void Main(string[] args) {
string s = "Hello, World";
Console.WriteLine(s.Remove(5)); // ekranga "Hello" chiqadi.
Console.ReadLine();
}
Agar matnning biror pozitsiyasidan boshlab ma’lum sondagi belgilarni olib tashlash zarur bo‘lsa, ikkinchi argument sifatida kesib tashlanuvchi belgilarni soni ko‘rosatiladi. Masalan: s.Remove(3, 5) – 3 pozitsiyadan boshlab 5 ta simvol o‘chirilgan holdagi qiymatni qaytaradi.
Berilgan matndan ko‘rsatilgan pozitsiyadan boshlanib ma’lum satrni qirqib olish uchun Substring() uslubidan foydalaniladi.
Agar uslubdan foydalanishda 1 ta argument ishlatilsa, funksiya qiymati argumentda ko‘rsatilgan pozitsiyadan boshlab, matn oxirigacha bo‘lgan belgilarga teng bo‘ladi. Masalan:
static void Main(string[] args) {
string s = "Hello, World";
Console.WriteLine(s.Substring(7)); // ="World"
Console.ReadLine();
}
Agar uslubdan foydalanishda 2 ta argument ishlatilsa, funksiya qiymati argumentda ko‘rsatilgan pozitsiyadan boshlab, ikkinchi argument qiymatiga teng miqdordagi qirqib olingan belgilarga teng bo‘ladi. Masalan:
static void Main(string[] args){
string s = "Hello, World";
Console.WriteLine(s.Substring(3,7)); // =lo, Wor
Console.ReadLine();
}
Matndagi, biror qism matnni boshqa matnga o‘zgartirish uchun Replace() uslubiddan foydalaniladi.
static void Main(string[] args)
{
string s = "Hello, World, Hello";
Console.WriteLine(s.Replace("Hello", "World")); //natija "World, World, World"
Console.ReadLine();
}
Matndagi belgilarni char tipipdagi massivga o‘zlashtirish uchun ToCharArray() uslubidan foydalaniladi.
static void Main(string[] args) {
string s = "Hello, World";
char[] array = s.ToCharArray(); // Massiv elementlari – 'H', 'e', 'l', 'l'… ga teng bo‘ladi.
}
Matndagi ko‘rsatilgan belgi ishlatilgan joydan qism matnlarga ajratib uni massivga o‘zlashtirish uchun Split() uslubidan, massivdagi elementlarnbelgi qo‘yilgan holda bitta matnga yig‘ish uchun Join() foydalaniladi.
Misol:
static void Main(string[] args) {
string s = "Arsenal,Milan,Real Madrid,Barcelona";
string[] array = s.Split(',');
/* vergul qatnashgan joydan qism qatorlar ajratiladi, bunda massiv elementlari –
array[0]= "Arsenal"
array[1]= "Milan"
array[2]= "Real Madrid"
array[3]= "Barcelona" ga teng bo‘ladi.*/
}
Yuqorida keltirib o‘tilgan uslublardan foydalanilganda, asosiy matn o‘zgarmaydi, balki asosiy matndan foydalaniladi xolos. Asosiy matni o‘zgartirish uchun StringBuilder sinfining uslublaridan foydalaniladi.
Quyidagi listinglarda satrli kattaliklar bilan ishlashga misollar keltirilgan.

Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin