Algoritmik tillar va dasturlash. Ma’ruza mashg’ulotlari uchun o’quv qo’llanma. X. E. Xolmirzayev, M. N. Ikromova, M. M. Bahromova Annotatsiya


Satrli kattalik(matn)lar bilan ishlash



Yüklə 2,87 Mb.
səhifə38/56
tarix19.12.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#184841
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   56
O`quv qo`llanma11 (2)

9.2. Satrli kattalik(matn)lar bilan ishlash.

C# da satrli kattaliklar bilan ishlash uchun string tipidan foydalaniladi. string tipi Unicode kodirovkasidagi belgili qatorlarni saqlash uchun mo‘ljallangan standart tip hisoblanadi. Belgili qatorlar bilan ishlash uchun System nomlar makonining String bazaviy sinfi elementlari foydalaniladi.

Satrli o‘zgaruvchilarni bir necha hil usul bilan yaratish mumkin:


string s; // boshlang‘ich qiymat berilmagan s o‘zgaruvchini e’lon qilish
string t = "qqq"; // boshlang‘ich qiymat berilgan t o‘zgaruvchini e’lon qilish
string u = new string(' ', 20); // 20 probeldan iborat satr yaratish
char[] a = { '0', '0', '0' }; // belgili tipdagi massivdan iborat satr
string v = new string( a ); // belgili tipdagi massivdan satr yaratish

C# da satrli kattaliklar ustida amallar bajarish uchun quyidagi amal belgilaridan foydalaniladi:



  • o‘zlashtirish( = );

  • teng ekanligini tekshirish ( == );

  • teng emasligini tekshirish ( != );

  • tartib raqami(indeksi) bo‘yicha murojaat qilish ( [] );

  • qo‘shish (konkatenatsiya) ( + ).

Misollar:
Matnni o‘zgaruvchiga o‘zlashtirish va uni ekranga chiqarish
static void Main(string[] args) {
string s = "Hello, World!";
Console.WriteLine(s);
}
Ikki matnni o‘zaro qo‘shish(konketanatsiya)
string s = "Hello," + " World!";
"[]" operatori matnli qatorning qavs ichida ko‘rsatilgan indeksdagi elementiga murojaat qilish uchun qo‘llaniladi va char tipidagi qiymat qaytaradi.
string s = "Hello, World!";
char c = s[1]; // bu yerda s ='e'

Tenglikka tekshirish
string s = "Hello, World!";
string s1 = "hello, world!";
if(s==s1) s2=”teng” else s2=”teng emas” // s2 = teng emas
9.3. System.String bazaviy sinfi
System.String sinfi string tipidagi kattaliklar bilan ishlashga mo‘ljallangan bazaviy sinf hisoblanadi. Unda satrlar bilan ishlash uchun bir qator uslub va funksiyalar mavjud. Ularnnig ayrimlari bilan tanishib chiqamiz.

Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin