Algoritmlar. O’quv-uslubiy majmua


III. Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə162/179
tarix02.06.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#123571
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   179
Algoritmlar

III. Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga
qo’yiladigan talablar

Algoritmlar o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:



  1. Algoritm va uning xossalari, algoritmik tillar, steklar navbatlar , daraxtlar, algoritmlar tahlili;

  2. Algoritmlarni saralash usullari, sodda saralash, tanlash usulida saralash, qo’shib saralash, almashish usulida saralash, Sheyker usulida saralash, Shell usulida saralash, piramida usulida saralash, turnir usulida saralash;

  3. Qidiruv usullari: binary qidiruv, Fibonachchi qidiruv, binary daraxt bo’yicha qidiruv, muvozanatlashtirilgan daraxt bo’yicha qidiruv, Rabin algoritmi, Boyer-Mur algoritmi, rekursiv algoritmlar;

  4. Paskal dasturlash tili, dasturlash tilining alifbosi, buyruqlar tizimi va operatorlari, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi algoritmlarga doir bilimlarga;

  5. Algoritmik tillarning asosiy tushunchalaridan foydalanib sodda va tadbiqiy masalalar echish malakasiga ega bo’lishi lozim.



IV. Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ktligi
Algoritmlar fani asosiy kasbiy fanlardan biri hisoblanib, 1-2 –semestrlarda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasidagi rejalashtirilgan Matematika, Fizika, Informatika fanlaridan olingan nazariy-amaliy bilimlarga tayanadi.
V.Fanni o’qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

  1. Fanni o’qitishda yangi pedagogic va axborot texnologiyalardan unumli foydalanish ko’zda tutiladi. Nazariy ma’lumotlar amaliyot va ko’rgazmalilik bilan mustahkamlangandagina chuqur bilimga ega bo’lish munkin. Shuning uchun dasturda amaliy-laboratiriya ishlariga katta e’tibor qaratilgan.

  2. Talabalar”Algoritmlar” fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot-kommunukatsiya va pedagogic texnologiyalarini tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir.

  3. Fanni o’qitishda zamonaviy pedagogic texnologiyalarni qo’llashda ta’lim jarayonini optimallashtirish uchun omil bo’ladigan pedagogic texnologiyalardan “Fikrlar xujumi”, “Klaster” metodi, “Bumerang”, “Skorobey”, “Tarozi”, “Elpig’ich”, kichik guruxlar musobaqalari, guruxli fikrlash va boshqalardan foydalaniladi.

  4. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, electron materiallar, tarqatma materiallar, virtual kartochkalardan foydalaniladi. Nazariy ma’lumotlar amaliyot va ko’rgazmalilik bilan mustahkamlanadi. Laboratoriya ishlari kompyuter xonalarida bajariladi.

VI. Asosiy nazariy qism (ma'ruza mashg'ulotlari)


Fanning nazariy mashg'ulotlari mazmuni



Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin