Ommaviylik – algoritm o‘xshash masalalar turkumini yechishi kerak.
Tushunarlilik – algoritmda beriladigan ko‘rsatmalar foydalanuvchiga tushunarli bo‘lib, uning talablariga javob berishi kerak.
Aniqlilik – algoritmda ma’lum tartibda amallarni bajarish nazarda tutilishi kerak va bajaruvchiga joriy qadam tugatilishi bilan qaysi qadam keyingi bo‘lib bajarilishi aniq ko‘rsatilishi kerak.
Natijaviylik. Har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan so‘ng albatta natija berishi shart. Bajariladigan amallar ko‘p bo‘lsa ham baribir natijaga olib kelishi kerak. Chekli qadamdan so‘ng qo‘yilgan masala yechimga ega emasligini aniqlash ham natija hisoblanadi.
Savol: Quyidagi masalani algoritmni to‘liq qurish bosqichlari bo‘yicha yeching Masalaning qo‘yilishi. Ikkita butun musbat a va b sonlar berilgan. Ularning eng katta umumiy bo‘luvchisini topish talab qilinadi. Ya’ni, eng katta butun musbat son topish kerakki, unga a va b ni bo‘lganda butun son chiqsin.
Modelni qurish. Ikkita sonning Eng katta umumiy bo‘luvchisi deb EKUB shu sonlar bo‘linadigan eng katta butun songa aytiladi:
Masalan 12 va 16
12 {1,2,3,4,6,12}
16 {1,2,4,8, 16}
12 va 16 sonlari bo‘linadigan eng katta son bu 4 ga teng.
Algoritmni ishlab chiqish. Boshlash;
Algoritmni to‘g‘riligini tekshirish Shu algoritmni tadqiq qilib ko‘raylik. m=119, n=544 deb qabul qilaylik. Ikkinchi qadamdan boshlaymiz. Algoritmga binoan bo‘lish natijasini nolga teng deb hisoblaymiz va r ga 119 ni ta’minlaymiz, keyin 3-qadamga o‘tamiz. R nolga teng bo‘lmaganligi uchun, hech nima qilmaymiz va 4-qadamga o‘tamiz. Bu yerda m ga 544 ni, n ga 119 ni ta’minlaymiz. Umuman, ravshan bo‘ldiki, m